Zelenskiy: Ukrainada hujumni davom ettirish rejasi bor
Ukraina 2024 yil uchun aniq hujum maqsadlarini ishlab chiqdi, ammo 2023 yil oxirigacha frontda muvaffaqiyatga erishishga harakat qiladi, dedi Volodimir Zelenskiy. U bu maqsadga erishilishiga ishonch bildirdi.

Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, bu yil uzoq davom etgan qarshi hujumga va G‘arb e’tibori Yaqin Sharqdagi mojaroga qaratilganiga qaramay, mamlakatda kelasi yil o‘z hududlarini qaytarib olish bo‘yicha «juda aniq reja» bor. U 8 noyabr, chorshanba kuni Nyu-Yorkdagi Reuters Next konferensiyasida onlayn tarzda nutq so‘zlab: «Bizning maqsadimiz bor, qaysi yo‘nalishda hujum qilishimizni aniq bilamiz», dedi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi joriy yil oxirigacha natija ko‘rsatishga va muvaffaqiyatga erishishga harakat qiladi. «Ammo biz har kuni odamlarni yo‘qotyapmiz. Bu - shou yoki kino emas. Biz dunyoda hammani ajablantirmoqchi emasmiz. Lekin bir kun ham boy bermaslik uchun o‘zimiz harakat qilishimiz kerak», - deya ta’kidladi u. Zelenskiy 2024 yilgi rejaning tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Ukraina prezidenti mamlakat janubida, shuningdek, sharqdagi qator hududlarda sust o‘zgarishlar kuzatilayotganini qayd etdi. «Ishonchim komilki, muvaffaqiyatga erishamiz. Bu qiyin», - deya qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, u bir qator «yoqimsiz kutilmagan hodisalar», xususan, xorijiy parlamentlardagi inqirozlar va xorijiy ittifoqchilar tomonidan sekin qaror qabul qilinishini eslatib o‘tdi. «Askarlarimiz janubga kelib, minalab qo‘yilgan maydonlar ustidan chiqdi, chunki biz yetti oydan beri o‘q-dori kutdik», deb kuyindi u.
«Tinchlik formulasi - dogma emas»
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hali Rossiya bilan qandaydir murosani muhokama qilishga tayyor emas, Moskva esa urushni faqat Ukrainaning xalqaro tan olgan hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish orqali tugatishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, agar Ukraina hududlari mojaroni hal qilishda murosa markazi bo‘lsa, bu boshqa mintaqalar va boshqa qit’alar uchun pretsedentga aylanishi mumkin.
Zelenskiy Rossiya bilan harbiy mojaroni hal etishda o‘zi taklif qilgan, 10 banddan iborat tinchlik formulasidan chetga chiqishga tayyorligini bildirdi. «Bu dogma emas», deb ta’kidladi u va Kiyev hamkor mamlakatlarning boshqa g‘oyalari uchun ochiqligini aytdi.
«Islohotlar nafaqat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish, balki Ukrainaning o‘zi uchun ham zarur»
Yevrokomissiyaning kecha e’lon qilingan Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilgan qaroriga izoh berarkan, Zelenskiy Ukraina uchun «muvaffaqiyatli kun» haqida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi islohotlar nafaqat YeIga kirish uchun, balki Ukrainaning o‘zi uchun ham zarur. «Birinchidan, biz buni o‘zimiz uchun qilamiz, bizga kerak», dedi u.
Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina korrupsiyadan xoli mamlakatni qayta tiklashni kafolatlay olishiga ishonch bildirdi. Kiyev rasmiylari korrupsiyaga qarshi kurashda allaqachon yutuqlarga erishdi, deydi u. Boshqa narsalar qatorida, u korrupsiyaga qarshi kurashuvchi prokuror lavozimini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini eslatdi va uning tez orada parlament tomonidan qabul qilinishiga umid bildirdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

16:43 / 10.05.2025
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi

13:01 / 10.05.2025