Özbekiston, Qozoğiston va Ozarboyjon Yevropaga «yaşil» energiya eksport qilişni möljallamoqda. Bu haqda Zakon.kz naşri xabar berdi.
Naşrning Qozoğiston Energetika vazirligiga tayanib ma’lum qilişiça, mamlakatlar «yaşil» energiya eksporti böyiça texnik şartlar va qöşma korxona taşkil etiş yuzasidan kelişib oldi.
Tegişli kelişuvga Özbekiston, Ozarboyjon va Qozoğiston energetika va iqtisodiyot vazirlarining Boku şahrida bölib ötgan yiğilişida erişildi. Tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlaridan Ozarboyjon hududi orqali Yevropaga elektr energiyasini eksport qiliş istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi vazirlik xabarida.
Uçraşuv yakunlari böyiça vazirliklar rahbarlari qöşma kommyunikeni imzoladi, unda mamlakatlarning qayta tiklanadigan energetika sohasidagi salohiyati hamda muqobil manbalardan olinadigan elektr energiyasini Yevropaga eksport qiliş loyihasiga qöşilişga tayyor ekani qayd etilgan.

















