Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS garovga olinganlarning hayoti uchun javobgarlar bilan aloqa uzilganini ma’lum qildi
Garovga olinganlarning taqdiri ham hozircha noma’lum.
Falastinning HAMAS harakati garovga olinganlar hayoti uchun mas’ul guruhlar bilan aloqa uzilib qolganini ma’lum qildi. Bu haqda Al-Qahera Al-Ekhbariya telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, HAMAS «garovga olingan isroilliklarni qo‘riqlash vazifasi yuklangan bir qator guruhlar bilan aloqalarini yo‘qotgan».
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, garovga olinganlarning taqdiri hozircha noma’lum.
HAMAS harakatiga aloqador guruhlar bilan aloqa yo‘qligi sabablari ham ma’lum qilinmagan.
Avvalroq, Isroil hukumati garovga olinganlarni ozod qilish evaziga G‘azodagi jangovar harakatlarni uzoq muddatga to‘xtatishga tayyor ekani haqida xabar berilgan edi. Isroil rasmiylari HAMAS bilan garovga olingan 70-80 kishini ozod qilish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishga tayyorligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
17:20
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026