Yusufjon qizik Şakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qizikçilik san’ati markazi asosçisi, Marğilon şahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Mamasiddiq Şerayev 77 yoşida vafot etdi.
Mamasiddiq Şerayev 1972-1975 yillarda Sirdaryo musiqali teatrida aktyor, 1975-1977 yillarda Farğona özbek teatrida drama artisti, 1979-1986 yil «Nurxon» xalq teatrida rejissyor bölgan.
U 1986-1987 yillarda Toşloq tuman Madaniyat bölimida badiiy rahbar, 1987-1993 yillarda Farğona şahar «Neftçi» klubida kinooprerator, 2006-2016 yillarda «Muhammadsiddiq askiyasi» xususiy korxona rahbari, 2016-2020 yillarda Marğilon şahar Madaniyat bölimida tögarak rahbari lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, 2020 yildan hozirgi vaqtgaça Marğilon şahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mamasiddiq Şerayev 1999 yil "Özbekistonda xizmat körsatgan artist" unvoni, 2021 yil "Döstlik" ordeni bilan taqdirlangan.












