Özbekistonning Ispaniyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Farrux Tursunov Madrid şahriga bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Diplomat 1973 yilda tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş oliy maktabini tamomlagan.

Farrux Tursunov Taşqi işlar vazirligi tizimida 1994 yildan buyon turli lavozimlarda işlagan, jumladan, attaşedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Şuningdek, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşida, Qozoğiston (2008−2012 yillar) va Yaponiyadagi (2012−2017 yillar) elçixonalarga rahbarlik qilgan.

Tayinlovga qadar u 2018 yildan buyon TIVning Strategik tahlil va prognozlaş boş boşqarmasi, şuningdek, Yiğma axborot-tahlil departamentini boşqarib kelayotgandi.

U Madriddagi diplomatik missiyaga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir Ğaniyev örniga tayinlandi.