Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada safarbar etilganlarning yaqinlari ularni uyga qaytarishni talab qildi
Putinga yo‘llagan murojaatida safarbar etilganlarning yaqinlari ularni frontdan qaytarishga, xizmat muddatini bir yil bilan cheklashga, demobilizatsiya e’lon qilishga chaqirgan.
Ukrainada jang qilish uchun safarbar etilgan rossiyaliklarning yaqinlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ularni vatanga qaytarishni talab qilib murojaat yozdi. Video 7 dekabr, payshanba kuni «Put domoy» Telegram-kanalida e’lon qilindi.
«Biz har qanday holatda ham yaqinlarimizni qaytarishga qaror qildik», dedi aksiya qatnashchilaridan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, murojaat qilganlar «to‘liq demobilizatsiya tarafdori: tinch aholi harbiy harakatlarda qatnashmasligi kerak».
Shuningdek, ular «cheklangan xizmat muddati, shu jumladan, qisman safarbarlik uchun – chaqirilgan kundan boshlab bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddat belgilanishi»ni talab qildi. «Biz qonuniylashtirilgan qullikka qarshimiz, safarbar etilgan va shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar shartnoma muddati tugashi bilan yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan kundan boshlab bir yil o‘tib harbiy xizmatdan bo‘shash huquqiga ega bo‘lishi kerak», - deydi yana bir ishtirokchi.
Murojaat qilganlar «barcha safarbar etilganlar ixtiyoriy va ongli ravishda xizmatga ketgan» degan fikrga qarshi chiqdi. «Ularning xizmatda ekanining asosi harbiy xizmatga chaqirilish bo‘lib, bu majburiy harakatdir, uni rad etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutiladi», — dedi aksiya ishtirokchisi.
Bundan tashqari, ayollar «qo‘mondonlarning o‘zboshimchaligi va harbiy xizmatchilarga nisbatan bosimlar» hamda ularga «oddiy material» sifatida munosabatda bo‘linishiga qarshi chiqdi.
Ular «norozilik bildirgani uchun safarbar etilganlarning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan bosimni to‘xtatishni», shuningdek, «konstitutsiya bilan kafolatlangan namoyishlar va yig‘ilishlar huquqlarini» hurmat qilishni talab etdi.
Mavzuga oid
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
09:01 / 27.01.2026
Kambag‘al oilalar reyestridagilar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati bepul qilinadi
13:20 / 03.01.2026
Maduro Karakasda portlashlardan so‘ng safarbarlikka chaqirdi
14:15 / 14.10.2025