KXDR Janubiy Koreya bilan chegara yaqinida 200 ga yaqin snaryad uchirdi
Seul Sariq dengizdagi oroli aholisini evakuatsiya qilishga buyruq bergan.

Foto: Yonhap
Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 5 yanvar tongida KXDR harbiylari Janubiy Koreyaning Pennyondo va Yonphyondo orollari yaqinida 200 ga yaqin artilleriya snaryadlari otgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
«Yonhap» agentligi aniqlik kiritishicha, snaryadlar Sariq dengizdagi shimoliy demarkatsiya chizig‘i yaqinidagi bufer zonaga — amalda ikki mamlakatning dengiz chegarasiga qulagan.
Otishma oqibatida, Seul ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Janubiy koreyalik harbiylar KXDR harakatlarini «provokatsiya» deb baholagan va Pxenyanni buni zudlik bilan bas qilishga chaqirgan.
Shimoliy Koreyaning harakatlariga javoban janubiy koreyalik harbiylar Sariq dengizdagi orollarida o‘t ochish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
«Yonhap»ning yozishicha, rasmiy Seul «Shimoliy Koreya tomonidan harbiy provokatsiyaning yaqqol alomatlari fonida» Yonphyondo orolidagi tinch aholini boshpanalarga evakuatsiya qilishga buyruq bergan.
KXDR rasmiylari Janubiy Koreya bayonotlari yuzasidan hozircha izoh bermadi.
- 2018 yil sentabrida KXDR va Janubiy Koreya ikki davlat chegarasidagi demilitarizatsiya hududida keng ko‘lamli artilleriya va dala o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmaslik, shuningdek, bu hududda harbiy samolyotlar parvozlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kelishib olgandi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv Sariq dengizda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydigan bufer zona yaratishni nazarda tutgan.
- 2023 yil noyabrida Shimoliy Koreya Seulni «provokatsion manyovrlar»da ayblab, bu kelishuvni bekor qilgandi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
Jahon | 12:16
-
Durovni hayratlantira olgan va Telegram’ni o‘zbek tilida «gapirtirgan» tadbirkor: Timur Bakiyev bilan suhbat
O‘zbekiston | 12:00
-
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
Iqtisodiyot | 11:57
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilib borishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:53
Mavzuga oid

19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi

17:46 / 09.05.2025
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

18:47 / 08.05.2025
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

17:25 / 07.05.2025