Qayd etilişiça, bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga siğmay, atrofidagi hududlarda, şu jumladan Çirçiq kanali böyida tartibsiz savdo amalga oşirilayotgani hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk maşinalari kirib-çiqişi avtomobil yöllarning tirbandligiga asosiy sabab bölmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda.
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar öz faoliyatini «Fud Siti», «Toşkent indeks» va boşqa savdo majmualarida taşkil etilgan şaroitlarda davom ettirişi taklif qilinadi.
Bunda, tadbirkorlar mulklarini köçiriş bilan boğliq bölgan xarajatlar (transport, yuklaş, tuşiriş va boşqalar) bepul amalga oşiriladi hamda savdo majmualaridagi dökonlar uçun ijara tölovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinadi.
Aholiga qulay şaroit yaratiş maqsadida «Qöyliq» massividan bozor hududigaça yölkira olinmaydigan 10 ta avtobus yönalişga qöyilib, jamoat transporti uçun şoh bekat taşkil qilindi va şaharning barça yönalişlarga çiqiş imkoni yaratildi.
Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar işçi-xodimlar «Fud Siti» va «Toşkent indeks» savdo majmualarida iş bilan ta’minlanadi.

















