Urush boshlanganidan beri 517 bola Rossiyadan Ukrainaga qaytarildi
Ukraina ombudsmani Lubinetsning ma’lum qilishicha, Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilingan 517 nafar bola mamlakatga qaytarilgan.

Foto: Anatolii Stepanov/AFP
Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri Rossiyaga o‘g‘irlab ketilgan va noqonuniy ushlab turilgan 517 nafar bola va 2828 nafar yoshi kattalar qaytarildi, dedi Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets 14 yanvar, yakshanba kuni Shveytsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan forumda. «Hozir 517 bola, 2828 nafar yoshi kattalar uyda, ulardan 150 nafari tinch aholi vakili. Bizning vazifamiz - hammani qaytarish», dedi Lubinets hamda xalqaro hamjamiyatni «zudlik bilan bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga» chaqirdi.
Ukrainalik bolalarning Rossiyaga noqonuniy deportatsiyasi
Ukraina rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yakunidagi holat bo‘yicha Ukrainadan Rossiyaga 19 546 nafar bola deportatsiya qilingan. Ukrainaning egallab olingan hududlaridan bolalarning Rossiyaga noqonuniy deportatsiyasi Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya Federatsiyasi bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berishi uchun asos bo‘ldi.
Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Yevropa kengashi Parlament assambleyasi (YeKPA) yig‘ilishida so‘zga chiqib, XJS faqat ikki gumonlanuvchining nomini aytganini ta’kidladi, garchi «aslida ular minglab, chunki bu tasodifiy jinoyat emas, balki ukrainalik bolalarni o‘g‘irlashga qaratilgan butun maxsus yaratilgan mexanizm». Kreml deportatsiya ayblovlarini rad etib, bolalar xavfsiz hududlarga olib ketilganini aytadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Jamiyat | 14:39
-
AI markaziga aylanmoqchi bo‘lgan BAA, Putindan xafa bo‘lmagan Tramp va G‘azo bo‘yicha reja – kun dayjesti
Jahon | 14:29
-
«Chegarada harbiy istehkom qurdik» – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik jazoga tortildi
Jahon | 14:19
-
Medinskiy Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardagi vazifani aytdi
Jahon | 14:09
Mavzuga oid

14:19
«Chegarada harbiy istehkom qurdik» – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik jazoga tortildi

14:05
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi

12:23
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

10:51