Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqyapti
Unda jamoat transporti tizimini yaxshilash, yo‘llarda ustuvorlikni piyodalarga, undan so‘ng jamoat transportiga berishga qaratilgan infratuzilmani yaratish kabi o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda hokimlik xabarida aytilgan.
So‘nggi kunlarda poytaxtda ekologik vaziyat yomonlashayotgani, havo ifloslanishi yuzaga kelayotgani qayd etilmoqda.
Hokimlik xabariga ko‘ra, chora-tadbirlar rejasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, havoga chiqayotgan maishiy chiqindilarni kamaytirish, jamoat transporti tizimini ham sifat, ham son jihatdan yaxshilash, yo‘llarda ustuvorlikni mashinalarga emas, eng avvalo piyodalarga, undan so‘ng jamoat transportiga berishga qaratilgan infratuzilmani yaratish va shu kabi bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
“Ekologik holatni yaxshilash va aholi salomatligini asrab-avaylash maqsadida ayrim keskin qarorlarni qabul qilish talab etiladi. Shu sababli mazkur qarorlar kelgusida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun ilmiy tadqiqotlar hamda tahlillarga asoslangan bo‘lishi zarur”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, ayni kunlarda shahar hokimligi huzurida har bir yo‘nalish bo‘yicha, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Har bir ishchi guruhning tahliliy xulosalari asosida poytaxt miqyosida qilinadigan amaliy choralar haqida taqdimot tayyorlanmoqda.
“Tez orada ushbu taqdimot keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi”, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026