Unga köra, havodagi mayda zarraçalar miqdori va ularning aholiga ta’siri böyiça milliy havo sifati standartlari işlab çiqiladi.
2023 yilda loyiha doirasida Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida aholining atmosfera havosi ifloslanişidan kasallaniş darajasini örganiş boşlandi.
Şu bilan birga, respublikada atmosfera havosining ifloslaniş darajasining joriy körsatkiçi ma’lum bir hudud uçun ustuvor ifloslantiruvçi moddalardan kelib çiqqan holda hisoblangan atmosfera ifloslanişining kompleks indeksi hisoblanadi.
Keyingi yillarda havoning ifloslaniş darajasi ortib bormoqda. Toşkent şahrining atmosfera havosidagi çang miqdori böyiça ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 1,3 baravar oşib ketgan.
Şu bilan birga, 2023 yilda Toşkent şahridagi havo ifloslanişini avtomatik nazorat qiluvçi stansiyalar ma’lumotlariga köra, IQAir sayti şkalasi böyiça eng ifloslangan oy yanvar bölgan.
JSST tavsiyalariga köra, havoning ifloslanişi salomatlik uçun xavfli bölib, insult, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas oliş tizimi xastaliklari va öpka saratonini keltirib çiqaradi.

















