Özbekistonda havo harorati sovuq darajaga tuşişi kutilmoqda. Bu haqda «Özgidromet» boş direktori Şerzodxöja Habibullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 16 fevral kuni Özbekistonning şimoliy hududlariga, 17–19 fevral kunlari esa respublikaning barça hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
16 fevralda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 fevral kunlari Özbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17–18 fevral kunlarida Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuçli böladi.
16–18 fevral kunlari respublikaning ayrim joylarida şamol tezligi 17–22 metr/sekundga yetadi, ba’zida 25–28 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.
18–19 fevral kunlariga kelib, Özbekiston hududi böyiça havo harorati keçalari –3...–8 darajagaça, kunduz kunlari 0...–3 darajagaça pasayadi. Şimolda 17–19 fevral kunlari harorat keçalari –13...–16 daraja, kunduz kunlari –5...–8 daraja böladi.
Bundan oldinroq Özbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilingandi.

















