Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Qodirov: «O‘zini hurmat qilgan odam 50 dollarni iqtisod qilish uchun yonib ketishi aniq bo‘lib turgan avtobusga o‘tirib, 50 daraja sovuqda yo‘lga chiqmaydi»

Foto: KUN.UZ
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov Uzreport telekanalidagi ko‘rsatuvda migratsiya yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘zbekiston yaqin 20 yilda o‘z mehnat resurslarini ish bilan to‘liq ta'minlaydi desak, bu yolg‘on gap bo‘ladi. Biz o‘zimizni aldayotgan bo‘lamiz. O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarining o‘sish sur'atlari hamda mehnat resurslari, aholining ko‘payish darajasi bir-biriga mutanosib emas. Dunyoda mehnat resurslarining ortiqchasiga ega bo‘lgan davlatlar bor, O‘zbekiston shulardan bittasi. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holatda, biz ushbu masalaga mas'ul bo‘lgan vazirlik va idoralarning ishga yondashuv shaklini tubdan o‘zgartirishimiz kerak. Bugun mehnat resurslarini eksport qilishning samarali tizimi haqida bosh qotirishimiz shart.
Bugun buning atrofida juda ko‘p gaplar bo‘lyapti: sharoit yaratish, ular holidan xabar olish. Bular masalaga yechim emas. Biz bugun yaqin atrofdagi mamlakatlarda qanday mehnat resurslariga talab bo‘lishi mumkinligi, ularni qanday shaklda o‘sha joyga olib borib, sharoitlari, haq-huquqlari ta'minlanadigan holatda ishga joylashtirishning samarali tizimi haqida o‘ylashimiz shart», - dedi u.
Alisher Qodirovning aytishicha, parlamentlar parlamentlararo uchrashuvlarda xorijiy davlatlarda yashayotgan fuqarolar huquqlarini ta'minlash masalalarini muhokama qilishi zarur.
«Biz maktabda bolalarni birinchi navbatda o‘zini hurmat qilishga o‘rgatishimiz kerak. O‘zini hurmat qilgan odam til bilmagan joyga ish qidirib bormaydi, o‘zini hurmat qilgan odam 50 dollarni iqtisod qilish uchun yonib ketishi aniq bo‘lib turgan avtobusga o‘tirib, 50 daraja sovuqda yo‘lga chiqmaydi. Aynan shuning uchun biz aytayapmiz: insonni birinchi o‘rinda o‘zini hurmat qilishiga erishishimiz kerak», - dedi Alisher Qodirov.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

18:01 / 11.04.2025