Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi vaqtida murabbiy va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazilayotgan vaqtda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga voqea joyida bo‘lgan tomoshabinlar xabar qildi.

Foto: Xabar.uz
Ma'lum bo‘lishicha, kecha 16 oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan musobaqa vaqtida murabbiylar va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Bir necha daqiqa davom etgan janjalni ichki ishlar xodimlari tinchitgan.
Ushbu mushtlashuv tasvirlangan video xabar.uz saytida e'lon qilindi. Videoni olayotgan mobil reportyorning gapidan janjallashayotganlarning yuzlari qon bo‘lganini payqash mumkin. Kun.uz muxbiri voqea borasida ma'lumot olish uchun O‘zbekiston karate federatsiyasi bilan bog‘landi. Federatsiya xodimi voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani sabab ma'lumot bera olmasligini, barcha aybdorlar aniqlangach, OAVga xabar qilinishini aytdi.
Ma'lumot uchun, bugun 17 oktabr kuni karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi. Endilikda o‘zbekistonlik karatechilar 2020 yil Tokioda o‘tkaziladigan olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun eronlik Shahob Sultoniy murabbiyligi ostida shug‘ullanadi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi
Sport | 17:51
-
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi
Jahon | 17:42
-
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi
Jahon | 17:34
-
AQSh rasmiylarida Jyeffri Epshteynning «mijozlar ro‘yxati» yo‘q – OAV
Jahon | 17:10
Mavzuga oid

18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

19:46 / 27.11.2023
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

21:26 / 15.09.2023
Rossiyada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

16:30 / 18.04.2023