Özbekistonda ikki fuqarolik joriy etiş taklif qilingan maqola internet tarmoğida keng tarqaldi. Undagi fikrlarga asosan ança yillar xorijda mehnat qilib, pensiya oluvçi vatandoşlarning pensiya mablağlari hisobidan yurtimizga ehtimoliy kiritişi mumkin bölgan investitsiyalar haqida söz yuritilgan. Mazkur taklif ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokamaga sabab böldi.

Bu borada “Yuksaliş” umummilliy harakati öz munosabatini quyidagiça bildirdi:

Bugungi global davrda insonning erkin harakatlanişi, faoliyat yuritişi tabiiy holat sifatida qabul qilinmoqda. Butun dunyoda malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyoj kundan kunga ortib borayotganligi esa ularning harakat maydoni çegaralarini yanada kengaytirmoqda. Bunday hollarda, tabiiyki, odamlar özi uçun eng optimal yölni – ya'ni, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yaxşiroq variantni tanlaydilar. Şunday bölsa-da, ularning aksariyati tuğilib ösgan vatanini butunlay taşlab ketişni istamaydilar.

Bunday vaziyatlarda, dunyo amaliyoti şuni körsatadiki, “ikki fuqarolik” tizimi qaysidir ma'noda yeçim bölişi mumkin. Lekin, bu qançalik töğri yöl va barça rivojlangan mamlakatlar ham şu amaliyotni joriy etganmi?

“Yuksaliş” umummilliy harakati ekspertlarining fikriça, uşbu masala yuzasidan taklif berişdan avval masalani har tomonlama muhokama qiliş, qöşfuqarolik joriy etilgan davlatlarning salbiy va ijobiy tajribasi, bu aslida kim uçun foyda va kim uçun noqulaylik, qanday oqibatlar yuzaga kelişi mumkinligini tahlil qiliş lozim.

Tuşunçaning mazmuni. Avvalo, “qöşfuqarolik” va “ikkinçi fuqarolik” tuşunçalariga oydinlik kiritiş lozim. Qöşfuqarolik — bu ikki davlat örtasida fuqarolarning bir vaqtning özida ikkinçi davlat fuqarosi bölişi mumkinligi haqidagi rasmiy kelişuvga ega bölganda amalga oşiriladi. Misol uçun, Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi, Ispaniya va Argentina, Argentina va Italiya kabi davlatlar örtasida ana şunday kelişuvlar imzolangan. Uşbu davlatlarni geografik, tarixiy yoki til omili kabi jihatlar birlaştirib turadi.

Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Norvegiya, Qozoğiston, Belorus, Estoniya, Polşa va boşqa köplab davlatlarda (ruxsat berilmaydi), şu jumladan, Özbekistonda ham qöşfuqarolik tan olinmaydi.

Ikkinçi fuqarolik tizimi esa — ikki davlat örtasida bunday kelişuv bölmaganda yoki yanada aniqroq aytganda — fuqaroning ikkinçi davlat tomonidan berilgan fuqaroligini tan olmagan holda, şu bilan birga boşqa davlat fuqaroligini olişga qarşilik körsatmaydigan holat hisoblanadi.