Özbekistonda ilk marta mahalliy budjetlarning bir qismini bevosita aholi takliflari asosida sarflaş böyiça “Taşabbusli budjet” loyihasi amalga oşirilmoqda.
Jarayon uç bosqiçda, 1 iyuldan 2 sentyabrgaça ötkazildi. Unda fuqarolar eng köp bildirgan taşabbuslar – içki yöllar, maktablarni ta'mirlaş va jihozlaş hamda içimlik suvi bilan boğliq böldi.
Aholi tomonidan qoldirilgan takliflarga ovoz beriş 2 sentyabr kuni yakunlandi: 205 ta tuman va şaharda jami 881 ta taklif ğolib deb topildi.
Ma'lum bölişiça, eng köp ovoz olgani uçun ğolib deb topilgan takliflar orasida Çilonzor tumani hokimligiga oşxona quriş uçun 999 mln söm ajratiş taşabbusi ham bor. Bu taşabbus uçun 282 ta ovoz yiğilgan.
“Oçiq budjet” portalida, şuningdek, Çilonzor tumani 4-sektor ştabini ta'mirlaş uçun 500 mln söm ajratiş haqidagi taklif 305ta ovoz töplab ğolib böldi.
Ğolib deb topilgan taşabbuslar sirasida, 273 ta ovoz olgan taşabbus – Çilonzor tumani obodonlaştiriş boşqarmasiga iş qurollari olib beriş ham bor. Taşabbusda ketmon, belkurak, panşaxa, haskaş, bolta, arra, çelak, çötka, supurgi, “telejka”, trimmer, benzopila, öroq va hokazolar uçun 600 mln söm yönaltiriş ilgari surilgan.
“Hokimiyatning çöntak loyihalari ğolib çiqadi deb aslo öylamagandim”
Mazkur uçta holatga dastavval Kurbanoff.net kanali muallifi Şuhrat Qurbonov e'tibor qaratdi.
“Çilonzorliklar “molodets”, ular öz hokimliklari xodimlari uçun qariyb 1 milliard sömlik yangi oşxona qurişni qöllab-quvvatladilar.
Aholi öz rahbarlarining hayotiga befarq emas.
Bundan taşqari, ular öz hududining 4-sektorining ştab-kvartirasini (500 million söm) yangilaşni, şuningdek, tumanni obodonlaştiriş xizmati uçun belkurak, bolta va boşqa asbob-uskunalarni sotib oliş (600 million söm) taşabbusini qöllab-quvvatladilar.
















