Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi AYoQŞda sifatsiz benzin sotilgani oqibatida öndan oşiq haydovçilar moddiy zarar körgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Mirzaobod tumani bölimi tomonidan “Özenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boşqarmasining “I.P.” MÇJga qaraşli AYoQŞda ötkazilgan tekşiruv hujjatlari örganilgan.

Örganiş davomida uşbu AYoQŞda 10 730 litr AI-92 markali avtobenzinning oktan soni böyiça sifat körsatkiçi davlat standarti parametrlariga mos kelmasligi, şuningdek MÇJ tomonidan mijozlarga sifatsiz yoqilği sotilgani oqibati 12 nafar fuqaroning transportiga 103,2 mln söm moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, 2023 yil oktyabr oyida Özbekistonda 6 mln 105 litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Bundan taşqari, ayrim AYoQŞlarda A-80 benzini A-92 deb sotilayotgani haqida xabarlar berilgandi.