Andijon viloyatidagi AYoQŞlarga 500 tonna AI-80 markali benzin olib kelingan bölişiga qaramay, haydovçilar tomonidan uşbu markadagi benzin yetişmayotgani haqidagi murojaatlar köpaygan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hozirda viloyat hokimi va mutasaddilar tomonidan vaziyatni örganiş va şoxobçalarni tekşiriş işlari boşlangan.
«Bu böyiça işçi guruh taşkil qilingan. Andijon viloyatida joylaşgan AYoQŞlarda sotilayotgan mahsulotlardan namunalar olinyabdi. AI-80 markali benzin AI-92 yoki AI-95 deb sotilayotganligi haqidagi e’tirozlar köp. Işçi guruh tomonidan joriy yilning 14-15 dekabr kunlari namunalar olingan. Xususan, 14 dekabrda olingan 17 ta namunadan 7 tasida aktan miqdori sotilayotgan markaga töğri kelmagani aniqlandi. Maskur holatlar Andijon şahri va Andijon tumanidagi «zapravka»larda kuzatildi, çunki dastlabki örganişlar şu hududlardan boşlangandi», deydi «Energiyainspeksiya» Andijon hududiy boşqarmasi boşliği örinbosari Sirojiddin Muxtorov.
Avvalroq, oktabr oyida 6 million 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlangani xabar qilingandi.
















