Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman va shahar ma'muriy sudlari tugatiladi
Tuman (shahar) ma'muriy sudlari tugatiladi. Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi.
Prezident tomonidan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu farmonga muvofiq, ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda respublikada samarali ma'muriy odil sudlov tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi.
Tuman (shahar) ma'muriy sudlari tugatilib, ularning negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma'muriy sudlar tashkil etiladi.
199 ta tuman (shahar) ma'muriy sudlari maqbullashtirilib, viloyat markazlarida 14 ta tumanlararo ma'muriy sudlar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025