13-14 fevral kunlari Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi Kosmonavtlar maydonida kosmonavt Vladimir Jonibekov byusti atrofidagi granit plitalari köçirib taşlangan. «Gazeta.uz» saytida bu holat haqidagi fotosuratlar e’lon qilingaç, Toşkent şahar Madaniy meros agentligi hududning demontaj işlari ruxsatsiz boşlanganini ma’lum qildi.

«1984 yilda oçilgan «Koinot» yodgorligi (rasmiy nomi) monumental san’at yodgorliklari röyxatiga kiritilgan va (Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi qarori bilan) davlat muhofazasiga olingan.

Qonunçilikka muvofiq, madaniy va moddiy meros obektlarida quriliş, ta’mirlaş va restavratsiya işlarini faqat Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşi tasdiqlaganidan keyin amalga oşirişga ruxsat beriladi. Yuqoridagi holatda esa demontaj işlariga bu kabi ruxsat olinmagan.

Madaniy meros agentligi xodimlari hodisa joyiga borgaç, Toşkent şahar hokimligi tomonidan obekt atrofiga yotqizilgan marmar (brusçatkalar)ni almaştiriş rejalaştirilganini aniqladi. Yodgorlik buzilmagan, rekonstruksiya qilayotgan Mimar Group’ga esa ogohlantiriş berilgan. Iş töxtatildi», deyiladi boşqarma bayonotida.

Lekin maydondagi granit plitalarni köçirib taşlaş davom ettirilgan.

Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfiddinov loyiha haqida oldidan xabar berilmaganini işlarni şoşilinç boşlaşga töğri kelgani va bu «şanba va yakşanba kunlari töğri kelib qolgani» bilan izohlagan.

U jurnalistlar bilan muloqotda hokimiyat «yaxşi maqsadlarni közlagani» haqida gapirdi. Keyinroq Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ham bu iş aholiga qulaylik yaratiş maqsadida qilinayotganini ta’kidladi.

Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev

15 fevral kuni Kun.uz muxbiri monumental san’at yodgorliklari  röyxatiga kiritilgan uşbu yodgorlik atrofidagi holatni örganiş maqsadida majmua hududida böldi.