Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilgan.

Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

12 iyun soat 19:00 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan savdo komplekslarida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 20:25 da qurshab olinib, yong‘in soat 23:30 da bartaraf etilgan.

Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berishicha yuzdan ortiq tadbirkorlar mol-mulkiga zarar yetgan.