AQŞ neft tankerlariga hujumlar sodir etilişi ortida Ummon körfaziga raketa esminetsini yubormoqda. Bu haqda AQŞ markaziy qömondonligi (CENTCOM) ma'lum qilgan.
“AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Mason (DDG 87) kemasi voqea joyiga yordam körsatiş uçun yuborilmoqda”, deyilgan xabarda.
13 iyunda Eron va arab OAVlari Ummon körfazida Front Altair va Kokuka Courageous neft tankerlariga hujum sodir etilganini ma'lum qilgan.
Qömondonlikda Kokuka Courageous tankeridan 21 dengizçi AQŞning boşqa esminetsi – Bainbridge bortida ekanligi ma'lum qilingan.
“Biz AQŞning Bainbridge kemasi harakatlariga heç bir aralaşuvga çidab turmaymiz”, deb ta'kidlab ötilgan CENTCOM’da.
Şuningdek, AQŞ markaziy qömondonligida Vaşington Yaqin Şarqdagi yangi ixtilofda iştirok etişdan manfaatdor emasligi ta'kidlab ötilgan.
“Biz manfaatlarimizni himoya qilamiz, biroq Eron bilan uruş bizning strategik manfaatlarimizga va xalqaro hamjamiyat manfaatlariga töğri kelmaydi”, deb aytilgan CENTCOM’da.
Ba'zi ma'lumotlarga köra, tankerlarga torpedolar bilan hujum qilingan, buning oqibatida ularda portlaşlar va yonğin yuz bergan. Biroq buning rasmiy tasdiği yöq.
Front Altair ekipaji Eronga evakuatsiya qilingan. Tankerlar egalaridan birining ta'kidlaşiça, Front Altair’da 11 rossiyalik bölgan, ulardan heç kim jabrlanmagan.
Mason (DDG 87) kemasi Arleigh Burke sinfidagi esminets bölib, boşqariluvçi raketalar, jumladan Tomahawk’lar bilan qurollangan.

















