O‘zbekiston | 16:46 / 17.12.2024
30499
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi yong‘inda 1 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi - fotoreportaj

Kun.uz muxbiri Farg‘ona shahridagi portlash yuz bergan joyda bo‘lib turibdi. 1 kishi halok bo‘lgan, 4 kishi jarohatlangan. Yana 8 kishi tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lib turibdi. Hodisa joyida avtomobillar, o‘nlab binolar va AYoQShga jiddiy zarar yetgan. FVVga ko‘ra, suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida texnologik jarayonlar buzilib, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan.

Foto: Kun.uz

Farg‘ona shahri markazidagi benzin va gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlash va yong‘in oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi tan jarohati oldi. Yana 8 kishi tibbiyot xodimlari nazoratida. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa 17 dekabr kuni soat 13:43 da Farg‘ona shahar Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan ko‘p yoqilg‘ili AYoQSh va AGQShda sodir bo‘lgan. Suyultirilgan gaz to‘kish vaqtida texnologik jarayonlarning buzilishi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng yong‘in chiqqan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 13:47 da yetib borgani, 14:02 da yong‘inni o‘rab olib, 14:12 da batamom o‘chirgani aytilmoqda.

Kun.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, portlash oqibatlaridan aks ettiruvchi suratlarni taqdim etdi.

Mavzuga oid