Rubl bosimi fonida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari mutlaq rekord darajada oshib ketdi
2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi 6,5 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ko‘p. Iyun oyidagi o‘sish 3 barobardan ortiqni tashkil etdi. Tahlilchilar bu raqamlarni spekulyativ tendensiyaning yaqqol dalili, O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilayotgan naqd valuta va naqd so‘m yetishmovchiligining sababi deb ko‘rmoqda.
Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar nomiga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 6,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
6,5 mlrd dollar – o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkich (3,2)dan 96 foizga ko‘proq.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil yanvar-iyun oylarida tijorat banklari jismoniy shaxslardan jami 5,66 mlrd dollar ekvivalentida xorijiy valuta sotib olgan. Bu – o‘tgan yilning mos davri (2,33 mlrd) bilan taqqoslaganda 70 foizga ko‘p.
Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga sotilgan xorijiy valuta miqdori esa 3,72 mlrd dollarga teng bo‘ldi, bu – bir yil oldingidan (1,71 mlrd) 85 foizga ko‘p.
Iqtisodchi Otabek Bakirov bunday keskin o‘sishni “g‘irt spekulyativ diversiya” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilayotgan naqd valuta va naqd so‘m yetishmovchiligining sababi shu yerda.
“Dinamika va sur’atlardan ham bilsa bo‘ladiki, bu ko‘rsatkichlar mehnat migrantlari va umuman tashqi transfertlar xarakteristikasi bilan bog‘liq emas. Statistikamiz ertaga bu ko‘rsatkichlarni jami daromadlarda hisobga qo‘shsa, xatolik bo‘ladi. O‘zbekistonlik migrantlar soni 3 barobarga oshgani yo‘q, o‘zbekistonlik migrantlarning daromadlari yil davomida 3 baravariga ko‘payib qolgani yo‘q.
Yuzaga kelgan vaziyat pul o‘tkazmalarini g‘irt spekulyativ va diversiya maqsadlarida ishlatishga imkoniyat bermoqda. Afsuski, bunga hech qanday qarshilik ko‘rsatilayotgani yo‘q, to‘siq qo‘yilayotgani yo‘q. Naqd valuta yetishmovchiligi ham, naqd so‘m yetishmovchiligi ham bu oqibatlardir.
Yuborilgan pul o‘tkazmalarining yarmidan ko‘pini tijorat banklari sotib olishga (xususan madad pullari hisobiga) majbur bo‘lishmoqda va bu bilan muomaladagi pul massasini iqtisodiy mohiyatdan tashqarida kengaytirishga hissa qo‘shishmoqda”, – deya yozdi Bakirov.
Uning hisoblashicha, iyun oyida 2,34 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari qayd etilgan, bu esa o‘tgan yilning iyuniga nisbatan 3,25 barobarga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada rubl kursini qo‘llash uchun banklardan valuta xarid qilishga jiddiy cheklovlar o‘rnatilgan. Bu cheklovlar natijasida Rossiya rezidentlarida valutani Markaziy Osiyo davlatlaridan sotib olishga rag‘bat ortgan.
Markaziy Osiyoning ayrim respublikalari Markaziy banklari tomonidan qo‘llanilgan javob choralari sababli mazkur mamlakatlarning Rossiyadagi mehnat migrantlari ham O‘zbekiston banklarining xizmatlaridan foydalanishi holatlari ortmoqda.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetdi
Jahon | 12:06
-
Tramp: AQSh sun’iy intellektni rivojlanishiga 500 mlrd dollargacha sarmoya kiritadi
Jahon | 12:00
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
Mavzuga oid
16:28 / 20.01.2025
2024 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 15 mlrd dollarga yetdi
02:51 / 17.01.2025
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
19:33 / 16.01.2025
Markaziy bank 100 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqaradi
15:20 / 16.01.2025