Kun.uz 21 aprel kuni «Maktab oldidagi qurilişga qarşi çiqqan direktorga jinoyat işi oçildi. Prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzdi» sarlavhali maqola e'lon qildi.
Özbekiston Boş prokuraturasi şu kuni bildiriş çiqarib, maqolada körsatilgan vajlar har tomonlama örganib çiqilişini ma'lum qildi.
Tergov harakatlari Boş prokuratura nazoratiga olingan.
Eslatib ötamiz, Toşkent viloyati Toşkent tumanida oçilgan jinoyat işida tumandagi 26-maktab direktori 173 million sömni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
Toşkent viloyati prokuraturasi mazkur jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangani haqidagi rasmiy xabarida gumondor 173 mln sömni rastrata qilganini ta'kidlagan.
Direktor Saida Hoşimova Kun.uz'ga murojaat qilib, bu holatda prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzgani, jinoyat işi ayrim şaxslarning ğarazli maqsadlarini amalga oşiriş uçun atayin uyuştirilgani, taftiş noxolis ötkazilgani haqida gapirib bergandi.
















