Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning bir nechta viloyatida noqulay ob-havo tufayli darslar onlayn tarzda o‘tiladi
Qo‘shni davlatning ko‘plab viloyatlarida kuchli shamol esib, qor bo‘ronlari sodir bo‘lmoqda.
Foto: Kazinform
Qozog‘istonning bir nechta viloyatlarida kuchli qor bo‘ronlari sababli darslar bekor qilingan. Zakon.kz nashrining xabar berishicha, bugun, 2024 yil 20 fevral kuni noqulay ob-havo hukm surayotgan hududlarda darslar onlay o‘tiladi.
Jumladan:
- Mamlakat poytaxti Ostona shahrida birinchi smenada o‘qiydigan 0–9-sinf o‘quvchilari;
- Semey shahrida birinchi smenaning 0-11-sinf o‘quvchilari va kollej o‘quvchilari;
- Qarag‘andada birinchi smena talabalari;
- Ust-Kamenogorskda birinchi va ikkinchi smenadagi 0–11-sinf o‘quvchilari uchun darslar masofaviy o‘qitish formatiga o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning ko‘plab viloyatlarida bir necha haftadan buyon noqulay ob-havo sharoiti hukm surmoqda. Joylarda qor bo‘ronlari va kuchli shamol esmoqda. Oqibatda respublika ahamiyatidagi juda ko‘plab yo‘llar vaqti-vaqti bilan yopilmoqda.
2024 yil 20 fevral holatiga ko‘ra, Qozog‘istonning markaziy va shimoliy hududlarida havo harorati kunduzi -15..., -25 daraja, tunda -20..., -35... daraja sovuq bo‘lyapti.