Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholining ayrim toifalariga 800 ming so‘mdan pul tarqatiladi
O‘zbekistonda dekabr oyida aholining ayrim qatlamiga 800 ming so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatiladi.
Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning dekabr oyida aholining ayrim qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar qildi.
Aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
- «Temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga (2021 yil davomida);
- 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
- 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
Pullarni yangi yilgacha tarqatish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:29 / 27.12.2025
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
15:26 / 27.12.2025
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
19:51 / 24.12.2025