O‘zbekiston | 11:23 / 14.08.2024
6769
2 daqiqa o‘qiladi
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi
O‘zbekistonda Koreya Eksimbanki ishtirokida 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish loyihasi amalga oshiriladi.
“Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ loyihani o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
- “O‘zmilliybank” AJ Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;
- Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vaziriga hukumat nomidan qarzlarni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berildi.
“O‘zmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berildi.
Mavzuga oid
13:40 / 23.12.2024
Koreya O‘zbekistonda ijtimoiy ishchilar malakasini oshirish uchun qo‘shma dastur ishlab chiqadi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
13:54 / 06.12.2024
Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi
22:20 / 02.12.2024