13:31 / 30.08.2021
29744

Zafar Hoshimov: «Siz tadbirkorlar prezidentisiz!»

Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan taqdirlash marosimida so‘zga chiqdi va «Do‘stlik» ordeni uchun minnatdorlik bildirdi.

«Men bu mukofotni 5 ming kishilik jamoamizga berilgan yuksak baho deb bilaman. Bu yerda men tadbirkorlar vakili sifatida turibman. Yaqinda sizning tadbirkorlar bilan uchrashuvingiz oldidan men so‘z berilishidan umid qilib, 18 punktdan iborat takliflarimni yozib olgandim. Lekin siz 7 banddan iborat nutqingizni o‘qiy boshlashingiz bilan men takliflarimni o‘chira boshladim, oxiriga borib qarasam, hamma takliflarimni siz o‘ylab bo‘lgan va yechimlarini ko‘rsatib bergan ekansiz.

Aytish mumkinki, siz tadbirkorlar prezidentisiz!

Menga mukofot berilganida ota-onam juda xursand bo‘lishdi va marhum san'atkorlarimizga hurmat ko‘rsatilib, mukofotlarga loyiq ko‘rilgani uchun minnatdorlik so‘zlarini yetkazishimni so‘rashdi», dedi tadbirkor o‘z chiqishida.

 

Top