Toşkent şahrining ayrim köçalarida belgilangan tezlikni 10 km/soatga pasaytirib, 60 km/soat qilib belgilaş töğrisida Toşkent şahar IIBB YHXB taklifi poytaxtlik deputatlar tomonidan rad etilgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi uşbu masala yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.

Unga köra, Toşkent şahar Kengaşi tomonidan Toşkent şahrining ayrim köçalarida transport vositalarining yuqori harakatlaniş tezligini soatiga 60 kilometrgaça kamaytiriş yuzasidan kiritilgan taklif rad etilganligi haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar asossiz.

«Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 2022 yil 16 sentabrdagi yetmişinçi sessiyasi kun tartibida Toşkent şahar IIBB YHXBning Toşkent şahrining ayrim köçalarida transport vositalarining yuqori harakatlaniş tezligini soatiga 60 kilometrgaça kamaytiriş töğrisidagi taklifi körib çiqilgan.

Deputatlar tomonidan yuqorida kiritilgan taklifni muhokama qiliş jarayonida aloqador idora va taşkilotlar bilan birgalikda har tomonlama va çuqur örganiş zarurligi, bunda Toşkent şahar köça va yöl tarmoği, aholining harakatlaniş oqimlari yönalişlarini va şu kabi bir qator omillarni hisobga oliş zarurligi bildirildi.

Bayon etilganlardan kelib çiqib, deputatlar tomonidan mazkur taklif rad etilmagan bölib, xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga qayta kiritiş töğrisida qaror qabul qilinganligi ma’lum qilinadi», deyiladi munosabatda.

«Hurmatli blogerlar» va OAV vakillari kelgusida ma’lumotlarni har tomonlama çuqur örganib, mazmun-mohiyatni töliq anglagan holda asosli ravişda omma e’tiboriga yetkazişlaringizni sörab qolamiz, deyiladi munosabat söngida (imlo va punktuatsiya saqlanib qolindi).

Munosabatning rasmiy matnida «Hurmatli blogerlar» sözi qöştirnoqqa olingani e’tiborli.