Özbekiston Prezidentining sobiq matbuot kotibi Komil Ismoiloviç Allamjonov Özbekiston matbuot va axborot agentligi boş direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. 

U boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan Laziz Tangriyevning örnida iş boşlaydi.

Komil Allamjonov 1984 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2006 yili Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutini, 2010 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2005-2009 yillarda Davlat soliq qömitasi axborot xizmati boşliği v.b., 2009-2013 yillarda Davlat soliq qömitasi axborot xizmati boşliği — qömita matbuot kotibi sifatida işlagan.

Komil Allamjonov 2017 yilning dekabrida prezident matbuot kotibi va prezident devoni rahbari örinbosari lavozimlarini egallagandi.

2018 yilning 27 avgustida esa prezident Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlaş töğrisida»gi farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari örinbosari – Prezident matbuot kotibiga aylangandi.

U şu yilning oktabr oyi boşida lavozimdan ketgandi.