Marosimda Özbekistonning 2021 yildagi eng yaxşi futbolçisi aniqlandi. Jurnalistlar örtasida ötkazilgan ovoz beriş yakunlariga köra, Eldor Şomurodov «Yilning eng yaxşi futbolçisi» deb topildi. Yakuniy nomzodlar uçligidan Husayn Norçayev va Jaloliddin Maşaripov ham joy olgan edi.

Foto: Tribuna.uz

Özbekiston milliy jamoasi forvardi 2020 yilda ham nomzodlar qatorida bölgan, ammo ğoliblik Jaloliddin Maşaripovga nasib qilgandi. Rimning «Roma» klubi hujumçisi joriy mavsum A Seriyada 15 öyinda 2ta gol muallifiga aylandi. 26 yoşli forvard ötgan mavsum «Jyenoa» safida Italiya çempionatida 31 bahsda 8ta golga mualliflik qilgan edi.

Yilning eng yaxşi murabbiyi deya «Nasaf» ustozi Röziqul Berdiyev topildi. Röziqul Sa’dullayeviç Qarşi jamoasi bilan 2021 yilda Superligada 4-örin, Superkubok iştirokçisi, Özbekiston kubogi ğolibi va OFK kubogi-2021 vitse-çempioniga aylandi.

Foto: ÖFA

Şuningdek, aynan Berdiyevning şogirdi - «Nasaf» hujumçisi Husayn Norçayev Superliga-2021ning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. 19 yoşli forvard yilning eng yaxşi yoş öyinçisiga topşiriladigan «Yoş yulduz» sovriniga ham ega çiqdi.

Foto: Tribuna.uz

Superliga-2021 ramziy terma jamoasi quyidagi köriniş oldi:

Darvozabon: Ötkir Yusupov («Navbahor»)
Himoyaçilar: Marko Kolakoviç («Söğdiyona»), Anzur Ismoilov («Paxtakor»), Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Şerzod Nasrullayev («Nasaf»)
Yarim himoyaçilar: Sanjar Tursunov (OKMK), Erkin Boydullayev («Qizilqum»), Dragan Çeran («Paxtakor») 
Hujumçilar: Şohruz Norxonov («Söğdiyona»), Xusain Norçayev («Nasaf»), Azizbek Amonov («Lokomotiv»).
Murabbiy: Uluğbek Baqoyev («Söğdiyona»). 

«Renessans Hall»da ötgan UZ Football Awards-2021 taqdirlaş marosimida jami 24ta nominatsiyada laureatlar taqdirlandi. Jumladan: