2016-2020 yillarda O‘zbekiston tarixidagi eng shiddatli ma'muriy islohotlar amalga oshirildi:

  • 70dan ortiq davlat boshqaruvi organlari faoliyati takomillashtirilib, qayta tashkil etildi;
  • 20ga yaqin yangi davlat idoralari tuzildi.

Biroq, ayrim nazorat qiluvchi organlarning huquqiy maqomini belgilashda nazorat qilishning eng muhim instrumenti bo‘lmish mustaqillik tamoyili ko‘p hollarda kafolatlanmay qolib ketdi. Ushbu maqolada «kvazi-mustaqil», ya'ni ko‘rinishidan mustaqil, ammo faoliyatida tashqi siyosiy ta'sirga qarshi «himoya qobig‘i»ga ega bo‘lmagan nazorat qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilinadi.

Nazorat qiluvchi organ o‘zi nima?

O‘zbekiston qonunchiligida «nazorat qiluvchi organlar» degan tushunchaga ta'rif faqatgina «Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonunda berilgan. Unga ko‘ra, nazorat qiluvchi organ deganda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar tushuniladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nazorat qiluvchi organ istalgan tashkiliy shaklda tashkil etilishi mumkin (vazirlik, qo‘mita, inspeksiya, agentlik va hokazo).

Shu yerda bir muhim ta'kid: nazorat qiluvchi organning tashkiliy shakliga aniq talab belgilanmagani bois, amaldagi qonunchilikda bunday organlarning aniq soni yoki ro‘yxati mavjud emas. Ko‘pchilik huquqshunoslar ushbu ro‘yxat MJtKda nazarda tutilgan deb, ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zg‘atish vakolatiga ega bo‘lgan organlarni tushunishsa, boshqalar Vazirlar Mahkamasi yoxud u yoki bu vazirlik huzurida tashkil etiladigan inspeksiyalarni nazarda tutishadi.

Monopoliyaga qarshi kurashuvchi qo‘mitamiz qaror qabul qilishda mustaqilmi?

O‘tgan yilning eng shov-shuvli keyslaridan biri — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda «UzAuto Motors» AJ o‘rtasidagi to‘qnashuv. Masala sudda ko‘rib chiqilayotgan bir paytda Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hukumat rahbari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipovni tanqid qildi va qo‘mitaning UzAuto Motors kompaniyasiga qarshi harakatlarini populistik deb