Andijon viloyati kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi raisi Q.Parpiyev işdan olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Xabar berilişiça, Qodir Parpiyev Davlat soliq qömitasi sobiq raisi Botir Parpiyevning ukasi hisoblanadi.
Şuningdek, manba xabariga köra, Andijon şahar içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şuhrat Parpiyev ham işdan olingan. U Botir Parpiyevning jiyanidir.
Bundan taşqari, Buxoro viloyati IIB boşliği örinbosari, polkovnik Anvar Parpiyev lavozimidan ozod qilingan. U Botir Parpiyevning ukasi Qodir Parpiyevning öğli hisoblanadi.
Manba bergan xabarga köra, «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyat filialining boşqaruvçisi Zafar Parpiyev ham işdan ketgan. Uning ham Botir Parpiyevga qarindoşligi aytiladi.
Şuningdek, Taşqi işlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti boşliği bölib işlagan Dilşod Parpiyev lavozimidan olingan. U Botir Parpiyevning öğlidir.
Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tuğilgan. 1992-1996 yillarda Andijon viloyati IIB boşliği, 1996-1998 yillarda Özbekiston IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği, 1998-2002 – Özbekiston içki işlar vaziri örinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigaça – Özbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – Özbekiston Davlat bojxona qömitasi raisi bölib işlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004 yildan buyon Davlat soliq qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan.
Eslatib ötamiz, B.Parpiyev joriy yilning 11 may kuni Davlat soliq qömitasi raisligidan olingandi. U boşqa işga ötkazilgan. Ma'lum qilinişiça, endilikda B.Parpiyev Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika Kengaşi raisining keksalar va faxriylar işlari böyiça örinbosari sifatida işlaydi.
Bundan taşqari, 19 may kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan taşqari saylov Konferentsiyasi bölib ötdi. Unda Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgandi.











