Avstraliyaning immigratsiya tizimi

Qisqa qilib aytganda, Avstraliyaning viza tizimi “kengurular mamlakati” iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan odamlarni jalb qilishga qaratilgan. Jami 99 turdagi individual viza mavjud. Ichki ishlar departamenti (Immigratsiya xizmatlari) har yili alohida umumiy vizalar uchun kvota ajratadi. So‘ngra bu raqam turli viza kategoriyalariga bo‘lib yuboriladi.

Avstraliyada yashash va ishlash

Ushbu turdagi viza Avstraliyada nafaqat doimiy, balki vaqtincha yashashni reja qilganlar uchun ham mo‘ljallangan. 

Malakali migrant vizasi

Avstraliya iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘sha oladigan eng iqtidorli shaxslarni jalb qilishga mo‘ljallangan ushbu turdagi viza faqatgina ishga kirish uchun emas, albatta. Unga yillik aylanmasi 500 ming Avstraliya dollaridan kam bo‘lgan hamda 800 ming Avstraliya dollari miqdorida kapitalga ega tadbirkorlar hujjat topshirishi mumkin. 

Malakali migrant vizasini olish uchun bir qator talablar qo‘yilgan. Birinchidan, Avstraliyaning kasblar ro‘yxatiga kirgan ish bilan shug‘ullanayotganingizni isbotlashingiz kerak. Shuningdek, sizning tajribangiz va ma'lumotingiz shu kasbga qo‘yiladigan talablarga javob berishini ham ko‘rsatishingiz lozim. Undan tashqari:

‒ 18-45 yosh oralig‘ida bo‘lishingiz;

‒ ingliz tilini talab darajasida bilishingiz;

‒ testda yetarli ball yig‘ishingiz;

‒ salomatligingiz bo‘yicha muammolar bo‘lmasligi va muqaddam sudlanmagan bo‘lishingiz kerak.

Malakali migrant vizasi o‘z o‘rnida yana bir qator kategoriyadagi vizalarga bo‘linadi.

Malakali mustaqil viza

Bu viza “yashil qit'a”da doimiy yashash va ishlash huquqini beradi. Buning uchun sizdan Avstraliya mehnat bozorida tanqis hisoblangan kadr bo‘lish va belgilangan talablarga javob berish talab qilinadi. Xususan, faqat belgilangan hudud (shtat)ga yoki ish beruvchiga bog‘lanib qolmaysiz. Bunday kasblar ro‘yxatini