Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva bola asrab jarayonida juda köp byurokratik tösiqlar borligini ta'kidladi.

«Çaqaloq savdosining davom etayotgani sabablaridan biri – bolasi yöqlar sotib olyapti. Çunki farzandlikka oliş jarayonida juda ham köp byurokratik tösiqlar mavjud. Mazkur tösiqlarni yöqotiş, jarayonni soddalaştiriş masalasi körib çiqiladi», dedi Norboyeva komissiyaning 17 iyun kungi majlisida.

Ta'kidlanişiça, çaqaloq savdosining kelib çiqiş sabablarini çuqur tahlil qilgan holda unga qarşi kuraş işlarini yanada kuçaytiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, tasdiqlanadi.

Yiğilişda berilgan ma'lumotga köra, 2019 yilda odam savdosi bilan boğliq jinoyatlar 2018 yilga nisbatan kamaygan, lekin bu yönalişda sodir etilgan umumiy jinoyatlar orasida çaqaloq savdosi bilan boğliq holatlar yuqoriligiça qolmoqda: 2018 yilda odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarning 38 foizini çaqaloq savdosi taşkil etgan bölsa, 2019 yilda bu körsatkiç 43 foizga yetgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz farzandlikka oliş jarayonidagi murakkabliklar, yillab navbat kutiş va korrupsiya holatlari mavzusida maqola e'lon qilgan edi.