Turizm SOVID-19 pandemiyasi davrida eng köp zarar körgan sohalardan biri hisoblanadi. Birlaşgan millatlar taşkilotining Jahon sayyohlik taşkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga köra, sayyohlarning taşrifi 2020 yilda 2019 yilgi körsatkiçga nisbatan 74 foizga kamaygan. Pandemiyadan oldin turizm yirik biznes hisoblanib, global yalpi içki mahsulotning 10 foizidan köproğini taşkil qilgan. Turizmga boğliq yoki ixtisoslaşgan mamlakatlarda bu uluş yanada köproqni taşkil etadi.

Özbekiston iqtisodiyotida turizmning ahamiyati qay darajada?

Özbekistonda 2019 yilda turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 1,3 milliard dollarni taşkil qilgan. Bu mamlakat yalpi içki mahsulotining umumiy uluşida 2,3 foizni taşkil qilgan. Şuningdek, eksportning umumiy uluşida 7,3 foizni egallagan.

Ma’lumot uçun, pandemiya boşlangan davrga qadar turizm sohasida doimiy ösiş kuzatilgan. Xususan, turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 2017 yilda 547 million dollarni (YaIMning 0,9 foizi), 2018 yilda esa 1,04 milliard dollarni (YaIMning 2,1 foizi) taşkil qilgan.

Joriy yilning yanvar oyida AOKAda ötkazilgan brifingda Turizmni rivojlantiriş qömitasi raisi Aziz Abduhakimov (endilikda Turizm va sport vazirligi) 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 261 million dollarni taşkil etib, mamlakatga 1 million 504 ming turist taşrif buyurganini aytib ötgan.

«2021 yilda barça işlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yönaliş böyiça batafsil hisob-kitob asosida amalga oşirmoqçimiz, ziyorat turizmiga köproq e’tibor qaratmoqçimiz. 2021 yilda Özbekistonga 1 million 700 ming nafar xorijiy sayyoh taşrifini ta’minlaş böyiça reja qilingan va keladigan daromad 370 million dollar bölişi kutilyapti», deb ta’kidlagan Aziz Abduhakimov.

Endi bu raqamlarni 2019 yildagi «pandemiyasiz dunyo»dagi holat bilan taqqoslaydigan bölsak, 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tuşgan daromad 80 foizga pasaygan. Agar 2021 yilda vaksinatsiya jarayonlari tezlaşib, qömita tomonidan e’lon qilingan prognozlar özini oqlasa, sohadan keladigan daromadlar 2019 yildagi körsatkiçlarning 28 foizi miqdorida tiklanişi mumkin.

Bundan taşqari, turizm iqtisodiyotning boşqa tarmoqlari: transport, mehmonxonalar biznesi, umumiy ovqatlaniş, savdo-sotiq sohalarida ham ikkilamçi talabni yuzaga keltirişi natijasida iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazgan.