XX asrda insoniyat iqtisodiyot va fan-texnika rivojlanişi ortidan ekologik muammolarga ham duç kela boşladi. Bir tomondan turli texnikalar insonning oğirini yengil qilgan bölsa, ikkinçi tomondan ular ekologiyaga juda katta zarar yetkazmoqda.

Ikkinçi jahon uruşidan keyin aholi sonining keskin ortib borişi, yerosti boyliklarning ayovsiz tarzda qazib olinişi, turli transport vositalari va korxonalardan çiqayotgan zaharli gazlar tufayli ekologiya  keskin özgarmoqda.

Oqibatda, Yer yuzi iqlimi keskin özgarişlarga yuz tutmoqda. Havo harorati oşib, anomal issiqlar sodir bölmoqda. Aksariyat hududlarda yoğingarçiliklar kam bölmoqda.

Nafaqat Arktika va Antarktidadagi, balki baland toğlarda ham muzliklar şiddat bilan erib ketmoqda. Şu tufayli daryolarning suvi kamaymoqda. Ular borib quyiladigan aksariyat köllarning suvi sathi pasayib, qurib bormoqda.

Orol dengizining 1977 va 2020 yillardagi holati

XX asrning ikkinçi yarmidan boşlab bugungaça bir neçta köllar batamom quridi. Qolganlarida esa suv sathi şiddat bilan pasayib bormoqda. Jumladan:

  • Markaziy Osiyoda joylaşgan Orol dengizi;
  • AQŞning ğarbiy qismidagi Yuta ştatida, Buyuk Havza Toğlari orasida joylaşgan Buyuk Şörköl;
  • Ğarbiy Afrikada, Sudan, Nigeriya, Niger va Çad davlatlari çegaralari orasida joylaşgan Çad köli;
  • Xitoyning Gansu provinsiyasida, Dunhuang şahridan 5 kilometr uzoqlikda, Gobi sahrosida joylaşgan Yueyatsyuan köli;
  • Xitoyning Şimoliy-Ğarbiy qismida, Şansi provinsiyasida joylaşgan Hongjiannao köli;
  • Eronning şimoli-ğarbida joylaşgan Urmiya köli;
  • Iordaniya va Isroil davlatlari çegarasida joylaşgan Ölik dengiz köli;
  • Sahroi Kabirdagi Mali davlati hududida joylaşgan Fagibin köli qurib bormoqda.

Bugun iqlim özgarişlari dunyodagi eng katta köl – Kaspiyga ham öz ta’sirini ötkazmoqda va uning suvi ham sönggi bir neça ön yildan buyon muttasil kamayib kelmoqda.