Iqlim özgarişlari aslida ötgan asrning 50-yillarida sanoat inqiloblari röy bergan paytda boşlangan. Daryolarning suvi sanoat rivojlangani sayin köproq sarf etilgan. Aholi soni köpayib içimlik suvi va oziq-ovqatga bölgan talab oşib borgan. Bu talablar ortidan qişloq xöjaligida foydalaniş uçun yangidan yangi hududlar özlaştirilgan va ularni suğoriş uçun daryolar tösilgan. Şu tariqa, eng katta bosim daryo va soylardan töyinadigan köllarga tuşgan va avvalo ularning suvi kamaya boşlagan.

Foto: funart.pro

Bugungi kunda dunyodagi ayrim köllarning suvi köpayayotgan bölsa, ularning ayrimlari iqlim özgarişlari sababli qurib ketiş xavfi ostida qolmoqda. Quyida sönggi yillarda batamom qurib ketiş xavfi ostida bölgan köllar haqida söz yuritiladi.

Köllar

Olimlarning hisob-kitoblariga köra, Yer yuzida röyxatga olingan va olinmagan 117 millionta katta-kiçik köllar bor. Ular Yer yuzi sathining 4 foizini egallaydi. Bu köllarning aksariyati nisbatan şimoliy qutbga yaqin mamlakatlarda joylaşgan. Masalan, birgina «köllar mamlakati» deb ataluvçi Kanadaning özida 2 milliondan oşiq köl bor. Ba’zi ma’lumotlarda ularning soni 4 milliondan oşiq, deyiladi. Şuningdek, Rossiyada ham 2 milliondan oşiq köl mavjud.

Kaspiy dengizi / Foto: loratravels.ru

Sayyoramizdagi eng yirik köl – Kaspiy dengizi. Bir paytlar Orol dengizi dunyodagi törtinçi yirik köl hisoblangan. Sönggi yillarda uning suvi keskin kamayib ketdi va hozirda u eng yirik köllar reytingida dastlabki öntalikka ham kirmaydi.

Orol dengizi

Ötgan asrning 60-yillaridan boşlab Orol dengizi sobiq ittifoqning Markaziy Osiyoda amalga oşirgan turli rejalari ortidan qurişni boşlagan. 1991 yilga kelib dengiz suvi 50–60 foizga kamaygan, u egallab turgan hudud ham 30–35 foizga qisqargan. Orol dengizining suvi undan keyin ham kamayişda davom etdi va bugun u 10 ming kvadrat kilometrdan kam hududni egallab turibdi.

Orol dengizi.

Ötgan asrning 50–60-yillaridan boşlab Moskva Markaziy Osiyoda juda katta hududdagi qöriq yerlarni özlaştira boşlaydi. Yangi oçilgan yerlarga asosan suv sarflanadigan paxta ekila boşlagan. Şu sababli mintaqadagi ikkita asosiy daryo bölgan Amudaryo va Sirdaryoning oldi tösilib, bir neça yirik suv omborlari quriladi.

Bu suv omborlarida yilning yoğingarçilik köp böladigan fasllarida suv yiğilar va yozda paxtaga suv kerak bölganda qöyib yuborilar edi. Tojikistondagi «Norak», «Qayroqqum», Qirğizistondagi «Töqtağul», Qozoğistondagi «Çordara» suv omborlari şu taxlitda işlagan. Qolaversa, yangi yerlar özlaştirilişi munosabati bilan Özbekistonning özida ham köplab suv omborlari qurilgan. Şu tariqa Pomir va Tiyonşon (Tyan-Şan) toğlaridan oqib tuşadigan suvlar Orolga kamroq borgan. Keyinçalik umuman bormay qöygan.

1961 yilda Orol dengizining umumiy maydoni 66 ming kvadrat kilometr edi. Öşangaça suvning buğlanişi natijasida Orol dengizi sathi har yili 1 metrga pasaygan. Amudaryo va Sirdaryodan borgan suv bu yöqotiş örnini töldirib turgan. Ötgan asrning 60-yillaridan boşlab har ikki daryodan boradigan suv hajmi kamayib borgan. Oqibatda dengiz sathi nafaqat avvalgi yillardagidan köproq pasaygan, balki qirğoği ham qisqarib boravergan. Şu tariqa, 1990-yillarga kelib Orol ostonasini dengiz suvlari yuvib turgan Möynoq şahridan ança uzoqlaşib ketadi.

Orol dengizining quriş dinamikasi / Kollaj Kun.uz

1989 yildan boşlab Orol dengizi ikkita mustaqil suv havzasiga – Katta Orol va Kiçik Orolga bölingan. Ularni tor bir kanal özaro tutaştirib turgan. Keyinçalik Katta dengiz ham quridi va hozirda kiçik dengizda suv bor, xolos.

SSSR hukumati tomonidan Özbekistonda paxta yakkahokimligi avjiga çiqarilgan yillarda Orolning qurib borayotganini Özbekiston hukumati ham, Moskvadagi rahbarlar bilişardi. Ammo bu haqda heç qayerda gapirilmas, yozilmasdi. Faqat 1985 yilga kelib SSSR rahbarligi Mixail Gorbaçyovga ötganidan söng matbuotda boşqa dolzarb mavzular qatori Orol dengizining qurib borayotgani haqida oşkora çiqişlar boşlandi.

Paxta yakkahokimligi avjiga çiqqan 1970-yillarda Moskva bir tarafdan Orol dengizining qurib borayotganini ommadan yaşirgan. Ikkinçi tarafdan mamlakatga millionlab tonna paxta kerakligi uçun Markaziy Osiyoga Sibir daryolarining suvini olib keliş rejalari ustida ham işlagan. Bu masalada Qozoğiston şimolida işlar boşlab yuborilgan. Ammo Gorbaçyov boşlagan oşkoralik siyosati tufayli rossiyalik olimlar, adiblar va boşqa ziyolilar Moskvaning bu rejasiga qarşi çiqişgan.

Orol dengizining koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

Öşanda Rossiyaning közga köringan olimlari agar Ob va Irtiş daryolarining suvi Markaziy Osiyoga yönaltirilsa, har ikki daryoda suv sathi pasayişi va oqibatda ularda ekologik inqiroz yuz berişini ma’lum qilişgan. Şuningdek, Şimoliy Muz okeanining Ob daryosi borib quyiladigan qismida tuz miqdori oşib ketişini va u yerda tuz miqdori kam bölgan suvda yaşaşga moslaşgan dengiz jonzotlari qirilib ketişini aytişgan. Şu omillar inobatga olinib, Sibir daryolarining suvini Markaziy Osiyoga oqiziş rejasi töxtatilgan.

Orol dengizidagi kemalar qabristoni / Foto: otdyhayem.com

Mustaqillik yillarida Orolni asrab qoliş uçun ança işlar qilindi. Xalqaro Orolni qutqariş fondi taşkil etildi. Dengiz örnida kökalamzor hududlarni taşkil etiş maqsadida har yili millionlab saksovul köçatlari ekilyapti va uruği sepilyapti.

Buyuk Şörköl (Great Salt Lake)

Buyuk Şörköl – AQŞning ğarbiy qismida Yuta ştati Buyuk Havza Toğlari orasida, dengiz sathidan 1 280 metr balandlikda qurğoqçil hududda joylaşgan. U muzlik davrida bölgan ulkan Bonnevil kölining bir qismi hisoblanadi.

Buyuk Şörköl / Foto: nationsonline.org

Unga uçta – Ber, Viber va Jordan daryolari kelib quyiladi. Kölning maydoni örtaça 4351 kilometr kvadratni taşkil etadi. Buğlaniş va suv oqimiga qarab uning maydoni yilning turli yillarida 2,5 mingdan 6,2 ming kilometrgaça böladi.

Buyuk Şörkölning koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

Buyuk Şörköl 1900-1904-yillarda deyarli qurib qolgan. 1935 yildan uning sathi asta-sekin kötarila boşlagan. Kölning örtaça çuqurligi 4,5-7,5 metrni, eng çuqur joyi 13-15 metrni taşkil etadi. Bu kölda suvdagi tuz miqdori 137-300 promilleni taşkil etadi. Soliştiriş uçun çuçuk suvli köllarda tuz miqdori 1 promille atrofida böladi.

Buyuk Şörkölni kesib ötgan temiryöl / Foto: deseret.com

1959 yilda kölning örtasidan temir yöl ötkazilgan va u ikki qismga bölinib qolgan. Sönggi yillarda AQŞdagi tabiatni himoya qiliş taşkilotlari mamlakat hukumatidan kölni ikkiga bölib qöygan temir yölni boşqa joyga köçiriş va Şörkölni yaxlit holga keltirişni talab qilmoqda. Ammo ularning talablari hozirça e’tiborsiz qolmoqda.

Iqlim özgarişlari tufayli Şörköl suvi yana keskin kamayişni boşlagan. Soha mutaxassislari vaziyat şunday davom etaversa, yaqin kelajakda Şörköl yana qurib qolişini aytişmoqda.

Chad köli

Chad köli (Lake Chad) — Ğarbiy Afrikada Sudan, Nigeriya, Niger va Chad davlatlari çegaralarining qöşiliş joyida joylaşgan. Uşbu köl dengiz sathidan 250 metr balandlikda joylaşgan. Unga Şari va Komadugu-Yobe daryolari quyiladi. Kölning maydoni 10 mingdan 26 ming kilometr kvadratgaça, çuqurligi 4 metrdan 11 metrgaça boradi.

Chad köli / Foto: tr.pinterest.com

Afrikadagi mazkur kölning suvi ham ötgan asrning 60-yillaridan boşlab keskin kamaya boşlagan. 1970-1980-yillar oraliğida uning sathi 3,9 ming kilometr kvadratgaça qisqargan. 1980-yillar oxiri, 1990-yillar boşida Chad kölining suvidan foydalaniş tört marotaba oşgan.

Chad kölining koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

2006 yilda Disaster Monitoring Constellation xalqaro Yerni kuzatuv dasturi orqali monitoring ötkazilganda kölning hududi ötgan asrning 50-yillariga qaraganda 25 marotaba qisqargani ma’lum böldi. Şuningdek, 2001 yilda NASA xodimlari Çadning 38 yil avval tuşirilgan fotosuratlari bilan yangi fotosuratlarini soliştirib körib, köl şitob bilan qurib borayotgani haqida ma’lum qilişgandi.

Yueyatsyuan köli (Xitoy)

Yueyatsyuan köli – Xitoyning Gansu provinsiyasida, Dunhuang şahridan 5 kilometr uzoqlikda, Gobi sahrosida joylaşgan. Mazkur köl har tomondan qum böronlari ta’siridan himoya qiladigan tepaliklar bilan öralgan. 1960 yilda kölning örtaça çuqurligi 4,5 metr, eng çuqur joyi 7,5 metr bölgan. 1970 yilda Dang daryosiga töğon örnatildi. Şundan söng yer osti suvlari muvozanati buzilişi oqibatida Yueyatsyuan quriy boşladi.

Yueyatsyuan köli / divo-ra.blogspot.com

1990-yillar boşlarida kölning örtaça çuqurligi 0,9 metrni, eng çuqur joyi esa 1,3 metrni taşkil etgan. Suv yuzasi maydoni 5,5 ming metr kvadratgaça qisqargan.

Yueyatsyuan kölining koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

Bir neça yil davomida hukumat vohani qurib ketişidan saqlab qoliş uçun kölga suv yetkazib berişni rejalaştiradi. Ammo mablağ yetişmasligi tufayli bu reja amalga oşmaydi. Faqat 2006 yilda mahalliy hokimiyat markaziy hukumat kömagida kölni suv bilan töldira boşlaydi. Öşandan keyin kölning çuqurligi va kattaligi avvalgi holiga qaytadi. Yueyatsyuan köli tarixiyligi uçun YuNeSKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Hongjiannao köli (Xitoy)

Hongjiannao köli — Xitoy çöllaridagi eng katta köl hisoblanadi. U Şimoliy-Ğarbiy Xitoyda, Şansi provinsiyasida joylaşgan. Uşbu köl provinsiyaning şimoliy-ğarbiy qismi uçun muhim suv havzasi bölgan. Ança yillardan buyon kölda suv doimiy ravişda kamayib kelmoqda.

Hongjiannao köli /Foto: Earth.Google.com

1968 yilda köl maydoni 32,16 kilometr kvadratni taşkil etgan bölsa, 1990-yillardan boşlab köl quriy boşladi va uning qirğoği 800 metrga qisqardi.

Hongjiannao kölining koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

Undan keyin ham uşbu köldagi suv muttasil kamayib kelmoqda. 1986 yildan bugungaça kölning suvi 50 foizdan oşiqroq kamaygan.

Urmiya köli (Eron)

Urmiya – Eronning şimoli-ğarbidagi şör suvli yopiq köl. Uşbu köl dengiz sathidan 1 275 metr balandlikda joylaşgan. Uning sohillari asosan past, şör va botqoqliklardan iborat. Mazkur kölga Kurd toğlaridan daryo va soylar suvi quyiladi. Eng yirik irmoği – Jagatu daryosi. Urmiya kölining maydoni mavsumiy va yillik yoğingarçilik miqdoriga qarab özgarib turadi. Uning maydoni turli mavsumlarda 5,2-6 ming kilometr kvadratgaça kengayadi. Uzunligi taxminan 140 kilometr, kengligi 40-55 kilometrni taşkil etadi. Kölning eng çuqur joyi 16 metrga yetadi.

Urmiya köli / Foto: Earth.Google.com

Bugungi kunda Urmiya köli qurib yöq bölib ketiş arafasida turibdi. 1998 yildan keyin kölga suv beradigan daryo va soylarning tösilişi, undan suv oladigan şahar va qişloqlarda ehtiyoj ortişi, şuningdek, qurğoqçilik tufayli kölning 70 foiz qismi qurigan. Eronlik mutaxassislarning qayd etişiça, Urmiya köli ostida 10 milliard tonna tuz bor. Agar u qurisa 14 million aholi boşqa joylarga köçişga majbur böladi.

Urmiya kölining koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

2012 yilda Eron hukumati Urmiya kölini saqlab qoliş uçun Armaniston bilan bu davlatdan suv keltiriş uçun rozilik olinganini ma’lum qildi. Şuningdek, Ozarboyjon hududidan oqadigan Araks daryosidan suv oliş böyiça muzokaralar ötkazilgan.

2013 yilda Eron hukumati Urmiyani saqlab qoliş uçun Kaspiy dengizidan kölga qarab suv oqiziş loyihasini işlab çiqişni boşladi. 2014 yilda Eronning sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy kölni saqlab qoliş uçun 500 million dollar mablağ ajratilişi haqida qaror qabul qildi.

Hozirça Eron hukumati tomonidan körilayotgan turli çoralarga qaramasdan Urmiya kölining suvi kamayib bormoqda va şoşilinç çoralar körilmasa, yaqin kelajakda u qurib qolişi taxmin qilinmoqda.

Ölik dengiz

Ölik dengiz Iordaniya va Isroil davlatlari çegarasida dengiz sathidan 395 metr çuqurlikda joylaşgan köl. Mazkur kölga birgina Iordan daryosi quyiladi. Sönggi yillarda iqlim özgarişi, dengiz joylaşgan hududda aholining yer osti suvlarini yanada köproq ola boşlaşi Ölik dengiz suvining muttasil kamayib borişiga sabab bölyapti. Soha mutaxassislari xulosalariga köra, holat hozirgiday davom etaversa yaqin kelajakda Ölik dengiz batamom qurib qoladi.

Ölik dengiz / Foto: Earth.Google.com

Mazkur kölning suvi dunyodagi eng şör hisoblanadi. Bu kölda ayrim bakteriyalardan taşqari tirik jonzot yaşamaydi. Hisob-kitoblarga köra köl ostida 40 milliard tonnadan oşiq tuz zaxirasi bor.

Qayd etilişiça, Ölik dengizning suvi sönggi 100 yilda 80 foizga kamaygan va uning sathi 25 metrga pasaygan. Sönggi yillarda mazkur köl sathi har yil 1 metrga pasayib bormoqda.

Ölik dengiz / Foto: Earth.Google.com

1977 yilda mazkur köl ikki qismga bölinib qoladi. Uning şimoliy qismini köldan brom va kaliy xlorid qazib oladigan kompaniyalar egallab olişadi. Ana şu holat bu yerda ekologik ofatni keltirib çiqaradi va köl suvi kamayişini tezlaştiradi.

Ölik dengiz / Foto: Earth.Google.com

Ölik dengizdan Iordaniya va Isroil birday turizm maqsadlarida foydalanib keladi. Ammo köl suvi keskin kamayişi bu sohaga ham jiddiy zarar yetkazmoqda.

Ölik dengizning koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

Sönggi yillarda Isroil va Iordaniya Qizil dengizdan Ölik dengizga suv keltiriş loyihasini birgalikda amalga oşirişni körib çiqmoqda. Loyihaga köra, kanal qaziladi va u orqali Qizil dengiz suvi Ölik dengizga oqiziladi. Uşbu loyiha qiymati 3-4 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Agar mazkur loyiha amalga oşirilsa, Ölik dengizni saqlab qoliş imkoniyati böladi. Aks holda uşbu köl ham yaqin kelajakda qurib ketadi.

Fagibin köli, Mali

Fagibin köli — Sahroi Kabirning Mali hududidagi qismida joylaşgan köldir. Mazkur köl Niger daryosidan 75 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Köl bir qança daryo va boşqa köllar bilan özaro boğlangan. Seryoğin yillarda Niger daryosidan toşgan suv mazkur kölgaça yetib keladi. Qurğoqçilik yuz bergan yillarda esa köl sathi pasayib, uning suvi kamayib ketadi. Iqlim özgarişlari mazkur kölga ham öz ta’sirini körsatyapti va u qurib bormoqda.

Fagibin köli. Foto: Earth.Google.com

Ötgan asrda Fagibin köli bir neça marta toşib ketgan. Şuningdek, qurğoqçilik röy bergan yillarda qurib qolgan. Masalan, 1924-1930 va 1951-1955-yillarda köl suvi toşib, atrofdagi boşqa suv havzalari bilan qöşilib ketgan. 1914, 1924, 1944-yillarda esa qurğoqçilik sababli u qurib qolgan.

Fagibin kölining koinotdan körinişi / Foto: Earth.Google.com

1970-yillardan boşlab kölning suvi surunkali kamayib kelmoqda. Ötgan yillarda Niger daryosida töğonlar qurilmoqda va Fagibin köliga daryoning suvi umuman ötmayapti. Şu sababli hatto seryoğin kelgan yillarda ham daryo suvi kam miqdorda bölsa-da kamaymoqda. Mali hukumati xorijiy hamkorlar bilan Fabigin kölini asrab qoliş maqsadida qator loyihalarni amalga oşirmoqda. Ammo buning kölga nafi sezilmayapti.

Sönggi yillarda iqlim özgarişi tufayli dunyoning yana boşqa köplab köllarida va daryolarida suv kamayib bormoqda. Masalan, Volga va Ural daryolari kelib quyiladigan Kaspiy dengizida, şuningdek, Yer yuzidagi eng yirik daryolardan biri Nilda ham suv kamayib borayotgani aytilmoqda.

Aftidan, holat hozirgiday davom etaversa yaqin bir neça ön yillarda Yer şarining quruq mintaqalarida joylaşgan daryolarda suv yanada kamayadi va aksariyat köllar qurib qoladi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.