«Xalq sözi Online» xabar berişiça, bugun, 22 noyabr kuni universitetning yangi rektori Kongratboy Şaripov professor-öqituvçilar iştirokidagi yiğilişda oliy ta'lim muassasida joriy etilayotgan yangi tartib haqida ma'lum qilgan.

Endilikda, 25 noyabr - keyingi haftaning duşanba kunidan boşlab universitetda öqiş haftasi beş kunlik etib belgilandi va majburiy forma ham butunlay bekor qilindi.

«Endi talabalar öqişga istalgan kiyimida kelişi mumkin. Heç kim ularni köylak kiyişga, galstuk taqişga majburlamaydi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, noyabr boşida iqtisodiyot universitetida «katta tozalaş» işlari boşlangani haqida xabar berilgan edi. Universitetning avvalgi rektori Bahodir Hodiyev işdan olinib, uning örniga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Kongratboy Şaripov tayinlangandi.