Jahongir Ortiqxo‘jayevga aloqador kompaniya 307,8 mlrd so‘mlik qurilishni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga aloqador ko‘riladigan Discover Invest poytaxtda navbatdagi yirik davlat buyurtmasini qo‘lga kiritdi. Tenderda zaxira g‘olibi deb tanlangan ikkinchi kompaniya – Mimar Group, u ham hokimga begona emas.

Toshkentning Shayxontohur tumanidan oqib o‘tuvchi Jangoh, Chuqurko‘prik va Zaxariq kollektorlari yopiq holatga olinib, kollektorlar usti va unga tutash hududda avtomobil yo‘li, yashil maydonlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari quriladi.
Bu boradagi ishlarning 1-bosqichini amalga oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasi "Discover Invest" MChJga berildi. Kompaniya tenderda 307,8 mlrd so‘m taklif bildirgan.
Tenderni Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Daryo bo‘yi business city tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” unitar korxonasi o‘tkazgan.
16 iyuldan 2 avgustgacha o‘tkazilgan bu tender natijalari bo‘yicha, ishlarni 657 kunda tugatish sharti bilan, buyurtmachi va "Discover Invest" MChJ o‘rtasida 307 815 495 632 so‘mlik shartnoma tuzish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. Tenderning zaxira g‘olibi sifatida "Mimar Group" MChJ tanlangan.
"Discover Invest" MChJ kimniki?
Davlat reyestriga ko‘ra, "Discover Invest" MChJ 2008 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Kompaniyaning 56,9 foiz ulushiga Isroilov Ismoil Erkinovich, 43,1 foiz ulushiga esa Zohidov Abdurasul Abdusattorovich egalik qiladi.
Ismoil Isroilov Kolorpak, Teleradiokompaniya ZO‘R kabi qator MChJlarda ham ulushlarga ega. Avvalroq Kun.uz uning ta’sischiligidagi "Kolorpak" MChJ 2022/23 o‘quv yili uchun maktab darsliklari bo‘yicha buyurtmalarning katta qismini qo‘lga kiritganiga e’tibor qaratgandi.
Ayrim manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ismoil Isroilov – Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jiyani bo‘lishi mumkin. U avvalroq Akfa Engineering Management kompaniyasi direktori bo‘lgan, ayni paytda ham hokimga doxil deb ko‘riladigan qator kompaniyalarga aloqador shaxs sanaladi.
Zaxira g‘olib – Mimar Group
Bu tender bo‘yicha zaxira g‘olib sifatida "Mimar Group" MChJ tanlangan. Davlat reyestriga ko‘ra, bu kompaniyaning 57,9 foiz ulushiga G‘aniyev Alisher Abdubositovich, 42,1 foiz ulushiga esa Yaminov Kozimbek O‘tkurovich egalik qiladi.
Kompaniya ta’sischilaridan bo‘lmish Alisher G‘aniyev poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga yaqin shaxs sifatida ko‘riladi. Shuningdek, 2019 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ortiqxo‘jayev egalik qilgan Dream Production kompaniyasini Dilmurod G‘oyipov (Mimar Group'ning sobiq direktori) boshqargan.
Shuningdek, G‘oyipov Speedway Line nomli boshqa bir kompaniyaning egalaridan biri bo‘lgan. Bu firmaning yuridik manzili va telefon raqami Artel kompaniyasiniki bilan bir xil, elektron pochtasi esa Artel kompaniyasining rasmiy sayti – artelgroup.org domenida joylashgani haqida avvalroq Kun.uz yozgandi.
Mimar Group oxirgi yillarda Toshkentdagi bir qator qurilish va ta’mirlash loyihalarida davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritib kelmoqda.
Discover Invest ham shu jumladan. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli Toshkent vaziyatlar markazi”ni qurish ishlari hech qanday tendersiz, hukumat farmoyishi bilan, istisno tariqasida, Discover Invest'ga topshirilgan.
Discover Invest nafaqat poytaxtdagi, balki Nukus shahridagi Do‘stlik kanali bo‘yida istirohat bog‘i, bolalar o‘yingohi, "Workout" maydonchasi qurish bo‘yicha 34,2 mlrd so‘mlik buyurtmani hech qanday tendersiz qo‘lga kiritgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
MINEX Central Asia 2025 start oldi!
O‘zbekiston | 17:02
-
Balki eng zo‘r emasman, ammo Ukraina bilan urushdan chiqish uchun eng tajribaliman – Zelenskiy
Jahon | 16:46
-
Putinning NATO bilan ehtimoliy urushi dunyoga 1,5 trillion dollarga tushishi mumkin – OAV
Jahon | 16:21
-
Yana bir sobiq “zamhokim” ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 15:56
Mavzuga oid

15:40
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda

16:30 / 23.06.2025
Toshkentda savdo do‘koni tomiga chiqqan 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025