«Ba’zilar o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan» - Sardor Umrzoqov
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov videoselektor yig‘ilishida oyog‘i yerdan uzilgan rahbarlar va maishatboz rahbarlarni tanqid qildi.
«O‘rganishlar natijasi va bizga turli manbalardan yetib kelgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyog‘i yerdan uzilib qolgan.
Ba’zi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning mas’ul rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketganlar», deya administratsiya rahbarining so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlar haqida ham gapirgan.
«Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatchilik ko‘rib-bilib turibdi. Jamiyat uyg‘ongan, jamoatchilik nazorati kuchaygan bugungi zamonda hech bir mutasaddining yurish-turishi nazardan chetda qolmaydi.
Hurmatli prezidentimiz yuksak ishonch bildirib aytgan «Hokimlar — mening vakilim» degan so‘zlarini suiiste’mol qilib, bunday sharafli mas’uliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldash, maishatbozlik qilish, islohotlarga bepisand qarash bilan kun o‘tkazayotgan mas’ul shaxslarni kim deb atash mumkin?» degan u.
Bugun haqoratomuz audiolar ortidan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga jarima jazosi qo‘llandi. Shuningdek, fuqarolarni poygakda qabul qilgan Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev va mehmonxonada o‘zini tuta olmagan «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori Baxtiyor Otamurodov ortidan ishdan ketdi.
Mavzuga oid
12:06 / 18.11.2024
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Oksfordda malaka oshirishi mumkin
19:24 / 17.08.2023
O‘zbekistonda Prezident Administratsiyasi yangilanmoqda
15:36 / 17.08.2023
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishdan olindi
14:10 / 09.03.2023