Andijon viloyati Xonobod şahrida «Spark» maşinasi köçada xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimini urib yuborgan. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsitdinovning ma’lum qilişiça, hodisa 2023 yil 28 dekabr kuni sodir bölgan.

Tez harakatlanib borgan haydovçi boşqaruvni yöqotib bir vaqtning özida töxtab turgan maşina va uning yonida bölgan YPX xodimi hamda haydovçini urib yuborgan.

Oqibatda YPX xodimi va uning yonida bölgan boşqa haydovçi tan jarohatlari olişgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda tergov harakatlar olib borilmoqda.