Özbekistonda allaqaçon mahalliylaştirib bölingan Damas, Spark va Nexia avtomobillarining narxi 19-21 foizga, Cobalt narxi modifikatsiyasiga qarab 10-14 foizgaça oşdi.
Şu bilan bir vaqtda, qimmat avtomobillar – Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari özgarişsiz qoldirildi.
Deputat Doniyor Ğaniyev «Özavtosanoat» AJ vakillari bilan ötkazilgan parlament eşituvida bu haqda izoh söradi.
«Xomaşyo narxi oşgani uçun avtomobillar tannarxi oşdi, deb aytyapsizlar. Qöşimça qiymat soliği qöşildi, deyapsizlar. Lekin eng qiziği, negadir aholi eng köp oladigan, eng köp sotiladigan Damas, Spark, Nexia-3larning narxi oşyapti-da, Gentra narxi atigi 3 foizga kötarilyapti.
Qimmat narxdagi, sizlar işlab çiqarmaydigan, faqat import qiladigan maşinalaringiz narxi oşgani yöq.
Mantiğingizdan kelib çiqadigan bölsam, agar butun dunyoda xomaşyo narxi oşayotgan bölsa, hamma maşinaning xarajati oşadi. Unda nega endi Malibu’da xarajat, tannarx oşmayapti-da, Damas’niki oşyapti?
Eng qiziği, allaqaçon lokalizatsiya qilib bölingan avtomobillarning narxi oşib, tölaligiça import qilinadiganlarniki qimmatlaşmayapti?

Bundan ikkita savol kelib çiqadi.
Birinçisi. Dunyo bozorida çindan ham xomaşyo narxi oşyapti, lekin xarajatlaringizni eplay olmayotganingiz uçun, möljaldagidan köpayib ketayotgani uçun mahsulot tannarxini oşiryapsiz.
Yoki umumiy xarajatni hammaga teng taqsimlamasdan, faqatgina arzon maşinalarga taqsimlab, şundoğam köp sotilmayotgani uçun qimmat maşinalarning narxini kötarmasdan, ularning xarajatini ham ommabop avtomobillarnikiga qöşib yuboryapsiz.
Bu esa oxir-oqibat arzon maşina sotib olayotgan iste'molçilarga jabr bölmoqda», – dedi Doniyor Ğaniyev.
Savolga javoban, UzAuto Motors AJ boş direktori örinbosari Aleksandr Saxapov avtomobil narxlari imkon qadar jilovlab turilganini ta'kidladi.
















