“Joriy yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 2 may – duşanba kuniga töğri kelişi töğrisida Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022 yil 2 may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nişonlansin”, – deyiladi prezident qarorida.

Şuningdek, prezident bugun imzolagan 131-sonli farmonga asosan, 2022 yilda qöşimça dam oliş kunlari belgilangan prezident farmoniga özgartirişlar kiritildi.

Unga köra, 2022 yil 3-4 may kunlari haftasiga 6 kun işlovçilar uçun qöşimça dam oliş kunlari deb belgilandi.

Haftasiga 5 kun işlovçilar uçun 3 may qöşimça dam oliş kuni, 4 may esa 7 may (şanba)dan köçirilgan dam oliş kuni böladi.

14 may (şanba) beş kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun dam oliş kuni hisoblanadi. 3 may qöşimça dam oliş kuni sifatida belgilangani uçun boşqa kuni işlab berilmaydi.