Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Superliga tashkil etiladi
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga ko‘ra futbol bo‘yicha Oliy liga musobaqasi kelasi mavsumdan boshlab «O‘zbekiston Superligasi» deb ataladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, shuningdek birinchi liga nomi ham o‘zgartirilib u «O‘zbekiston PRO-ligasi» deb nomlanadi.
O‘zbekiston Superligasida jami 12ta jamoa ishtirok etadi. To‘rtta davradan iborat musobaqada jami 38ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 12ta jamoa 33ta tur o‘tkazgach, 2ta guruhga bo‘linishadi. Ya'ni 1-6 o‘rinlarni egallagan jamoalar chempionlik uchun, 7-12 o‘rinni egallagan jamoalar esa Superligada qolish uchun yana 5ta tur o‘tkazishadi.
38-turdan so‘ng ochkolar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan jamoa chempionlikka erishadi. 12-o‘rinni egallagan jamoa PRO-ligaga tushib ketadi. 11-o‘rinni egallagan jamoa esa PRO-ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan ikkita pley-off uchrashuvini o‘tkazadi. G‘olib jamoa Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
O‘zbekiston PRO-ligasida 16ta jamoa ishtirok etadi. Ikkita davradan iborat musobaqada jami 30ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 1-o‘rinni egallagan jamoa Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 2-o‘rin egasi esa Superliganing 11-o‘rindagi jamoasi bilan 2ta pley-off uchrashuvini o‘tkazadi.
Mavzuga oid
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
15:55 / 04.04.2024
Toshkentda talabalar o‘rtasida Coca-Cola homiyligidagi turnir o‘tkaziladi
19:04 / 16.03.2024
UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi
17:33 / 16.03.2023