Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB rahbari bankning O‘zbekistonga bo‘lgan «jiddiy darajadagi» ishonchi haqida ma'lum qildi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi loyihalarni mamlakat dasturini tasdiqlamasdan turib moliyalashtirilishi mamlakatga mustahkam ishonch darajasini ko‘rsatadi. Bu haqda YeTTB rahbari Suma Chakrabarti ma'lum qildi.
2017 yilning oktabrida YeTTB Direktorlar Kengashi bir ovozdan O‘zbekistonda birinchi ikki loyihani 100 mln dollar miqdorida moliyalashtirishni ma'qulladi.
«Bu bankning O‘zbekistonga ishonch darajasini ko‘rsatadi. Endi birgalikda real loyihalarni ishlab chiqish ustida ishlaymiz. Bu yerda ortga yo‘l yo‘q va bo‘lmaydi ham. YeTTB strategiyasining qabul qilinishi mahalliy darajada ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni aks ettiradi. Mamlakatda o‘zgarishlar yuz bergani sayin, biz o‘zbek hamkasblarimiz bilan ko‘proq ishlashga tayyormiz», - deya ma'lum qildi Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
YeTTB avval aniq bir davlat bo‘yicha dasturni oldindan tasdiqlamasdan loyihalarni moliyalashtirish ma'qullamagan.
Chakrabarti 31 iyul kuni O‘zbekistonga keldi. Ertasi kuni u prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat a'zolari bilan uchrashdi.
Ayni paytda qishloq infratuzilmasi va uy-joy qurilishi, energetika majmualari va kommunal xo‘jaligi obektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarda 1 milliard dollardan ziyod istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilmoqda. Kelgusi oylarda 600 million dollarlik loyihalarni tasdiqlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026