Xorazm viloyati, Urganç tumani, «Oqariqlar» mahallasi hududidagi 1 gektar yerda uy-joylar qurilişi boşlandi. Hokimlik bu yerni fuqaroga «yengil tipdagi konstruksiyali issiqxona» uçun ajratgan edi.

Nima voqea yuz berdi?
2020 yil 11 may kuni Urganç tumani hokimligi tomonidan Şohnurbek Davletovga «Yengil tipdagi issiqxona» quriş uçun yer maydoni ajratiş haqida 1307q-sonli qaror qabul qilindi. Uni tuman hokimi Frunze Şaripov imzolagan.
Qarorda J.Manguberdi massivi qişloq xöjaligi yer xaritasining 466q va 468q konturlaridan 43 bonitet ballga ega 1 gektar yer maydoni doimiy foydalaniş uçun Şohnurbek Davletovga ajratilgani, fuqaro yer maydonida issiqxona taşkil qilib, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişi şartligi, bu joyda zinhor quriliş qilmasligi belgilab qöyilgan.
Biroq ayni paytda bu hududda noqonuniy uy-joy quriş işlari jadal olib borilmoqda. Şu yerda işlayotgan ustalarning sözlariga köra, 2021 yil boşiga qadar barça işlar yakuniga yetkaziladi.

Yer ajratilişida Yer kodeksiga amal qilinmagan
«Oqariqlar» mahallasidagi bu yerlardan sönggi 20 yil davomida 146 oila tomorqa sifatida foydalanib, qöşimça daromad olib kelayotgan edi. Ammo şu yilning bahorida yerlar davlat zaxirasiga qaytarib olindi va turli maqsadlarda boşqa şaxslarga ajratib berildi. Yer kodeksiga köra, bu jarayonni amalga oşirişda tomorqa yer egalarining roziligi olinişi lozim.
Tomorqasi olinganlar orasida şu mahallada yaşovçi Abdurahmon Xusinov ham bor. Uning tomorqasi Şohnurbek Davletovga ajratib berilgan yerda joylaşgan edi.
«Tomorqa yerimda quriliş işlari boşlab yuborildi. Şundagina yer boşqa şaxsga ajratib berilganini bildim. Hozir u yerda uy-joylar qurilmoqda va aholiga taklif qilinmoqda. Tomorqadan 20 yil davomida foydalanganman, barça soliqlarni tölaganman», — deydi u.
Urganç tumani yer resurslari va davlat kadastri bergan ma'lumotga köra, yer maydonini Şohnurbek Davletovga ajratib beriş jarayonida fuqaro Abdurahmon Xusinovning roziligi olinmagan.
Vaholanki, Yer kodeksining 23-moddasida egalikdagi, foydalanişdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uçastkasini boşqa şaxslarga beriş (realizatsiya qiliş) faqat şu uçastka belgilangan tartibda olib qöyilganidan (sotib olinganidan) keyin amalga oşiriladi.



















