Bugun, 14 iyul kuni Xalqaro press-klub tomonidan O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda mutlaqo yangicha formatda Press-qahva sessiyasi tashkil etildi. Mazkur press-qahva mavzusi “Harakatlar strategiyasi kesimida mamlakatimiz tadbirkor ayollari faoliyati. Tahlil va istiqboldagi vazifalar”ga bag‘ishlandi. 

Tadbir davomida “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi Gulnora Mahmudova, uyushmaning viloyat bo‘limi rahbarlari, mamlakatdagi eng ishbilarmon tadbirkor xotin-qizlar so‘zga chiqishdi va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Press-qahvaning avvalgi sessiyalardan farqli jihati shundan iborat bo‘ldiki, unda ishtirokchilar katta davra atrofida ochiq suhbat qurishdi hamda barcha mehmonlarga bir piyola qahva va choy bilan birgalikda shirinliklar ulashildi. 

“Kun” nashri muxbiri anjumanda ishtirok etgan tadbirkor ayollar bilan suhbat qurib, ular ishtirokida maxsus blits-intervyu tayyorladi. 

E'tiboringizga o‘z shijoati, namunali tajribasi va mehnati bilan tadbirkorlik sohasiga hissa qo‘shib kelayotgan ishbilarmon ayollar (Business Ladies) beshligini havola etamiz. Zero, ular oila va ishni bir maromida olib ketishga erishgan, bo‘lajak tadbirkor ayollarga har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan zamonamiz yetakchilaridir. 

1. Ra'no Ahmedova (Andijon viloyati)

Fermer xo‘jaligi bo‘yicha malakali tadbirkor. Ayni damda ijtimoiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l ta'mirlash sohasida faoliyat olib boruvchi “Asadbek imkon qurilish” MChJ rahbari. 

Ish faoliyatini qachon boshlagan: 1993 yilda.

Tadbirkor ayolga zarur bo‘lgan asosiy narsa: Oilaviy tinchlik, turmush o‘rtoqning qo‘llab-quvvatlashi, boshlang‘ich sarmoya va ishchilar bilan hamjihatlikda ishlash. 

 

2. Mavjuda Omonova (Samarqand viloyati)