Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Qöqondagi ta'lim tizimi «botqoqqa botayotgani» haqida xabar tarqalgandi. Ba'zi maktablarda tarbiyaviy işlar töliq yölga qöyilmagani sabab sönggi vaqtlarda maktab öquvçilari homilador bölib qolgani va öquvçilar örtasida piçoqbozlik holatlari köpayib ketganligi aytilgandi.
KUN.UZ mazkur voqea yuzasidan Qöqon şahrida öz jurnalistlik suriştiruvini ötkazdi. Boş prokuratura matbuot xizmati kömagi bilan homiladorlik va piçoqbozlik holatlari yuzasidan ma'lumotlar töplandi.
Youtube'da köriş
Mover'da köriş (tas-ix)
Aniqlanişiça, şahardagi 19-maktab öquvçisi M.A. joriy yilning 31 may kuni tanişi X.Q. bilan janjallaşgan. Janjal vaqti unga piçoq urib tan jarohati yetkazgan. 1 iyun kuni M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Iş sudga oşirilib, aybdorga nisbatan tegişli jazo tayinlangan.
Yana şunday holatlardan biri joriy yilning 20 may kuni 2-maktab öquvçisi L.J. va 29-maktab öquvçisi J.O. örtasida bölib ötgan. Ikki şaxs örtasida nizo kelib çiqqan va L.J. tanişi J.O.ga piçoq urib, tan jarohati yetkazgan. Prokuratura tomonidan jinoyat işi qözğatilib, 2018 yilning 6 avgust kuni aybdorga sud hukmi bilan jazo tayinlangan.
Şahardagi 23-maktabning voyaga yetmagan öquvçisi, M.T. 1-maktab öquvçisi X. bilan jinsiy aloqada bölişi natijasida qiz farzandni dunyoga keltirgan. 2017 yilning 31 dekabr kuni holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan aybdor şaxslarga nisbatan tegişli jazo çoralari qöllanilgan. Yoş ona farzandidan voz keçgan va çaqaloq bolalar uyiga topşirilgan.
Mavzuga oid
Aynan şu maktab öquvçisi M.A ham tanişi bilan jinsiy aloqada bölib, u ham homilador bölib qolgan. 2017 yilning 30 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi bilan iş qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. M.A.ning kamqonligi hisobga olingan, farzand körişi uning hayoti uçun xavf solişi mumkinligi aytilgan va tegişli tibbiyot muassasasining körsatmasi asosida uning homilasi abort qilingan.
Bu ma'lumotlarni eşitganimizdan söng, zudlik bilan Toşkentga şoşildik. Qaytiboq Xalq ta'limi vaziri Şerzodbek Şermatov bilan boğlandik. Vazir bu holatga öz munosabatini bildirdi. Örinbosari boşçiligida işçi guruh tuzilib, Qöqon şahriga xizmat safariga jönatildi. Şoşilinç majlis ötkazildi. Birinçi qadam taşlanib, şahar xalq ta'limi mudiri işdan olindi. Töliq tekşiruv uçun köp vaqt talab qilinadi. Yana maktab direktorlari işi ham tegişliça bittadan körib çiqilişi belgilab olindi. Vazirlik KUN.UZ’ga öz minnatdorçiligini izhor etib, kelgusida ham şunday operativ tarzda hamkorlikda işlaşni davom ettirişini bildirdi.
Şerzod Şermatov
Biroq kimnidur işdan olinişi, uning örniga yangi rahbar tayinlanişi va unga katta işonç bildirilişi yoki aybdor şaxslarning jazosini olişi bilan muammo hal etildi, deb hisoblab bölmaydi.
Jamiyatda bunday holatlar köpayib borişida juda köpçiligimiz iqtisodni sabab qilib körsatamiz. Ota-onalar birgalikda pul topişga kirişib ketgan. Farzand tarbiyasiga vaqt topa olmayapti deyişimiz mumkin. Yoki bölmasa maktablarda tarbiya fanlariga yetarliça e'tibor berilmayapti deymiz. Albatta, bular ham sabablardan biri bölişi mumkin. Lekin eng asosiy sabab sifatida ota-onalarning befarqligi deb bilaman. Fikrimça, farzand tarbiyalamoqçi bölgan insonga doim vaqt topiladi. Şunçaki, dildan kirişib farzandlarga yoşligidan nima yomon-u nima yaxşi ekanini tuşuntirib borişimiz kerak. Ulardan vaqtimizni ayamasligimiz zarur.
Keyingi sabab sifatida jamiyatimizda kuçli sotsiolog olimlar, psixologlar va pedagoglar yetişmasligida deb bilaman. Misol uçun Yevropa davlatlaridan Germaniya va Fransiyada darsliklar röyxatida sotsiologiya eng muhim fan sifatida qaraladi. Ayniqsa, ikkinçi jahon uruşidan söng, Germaniya hukumati jamiyatşunoslarga e'tiborini oşirdi. Ular faoliyatini rağbatlantirdi. Rivojlanişiga barça şaroitlar yaratib berila boşladi. Sohaga doir bir neçta tadqiqot institutlari taşkil etildi. Ular jamiyatda yuzaga kelgan muammolarning sabablarini örganadi va köp hollarda yeçim ham beradi. Eng muhimi ularning yeçimi köp hollarda töliq realizatsiya qilinardi. Aksar jamiyatşunoslar odatda bunday holatlar köpayişining sababi sifatida dinşunoslikning jamiyatda örni yöqolişi, deb körsatişadi. Insonlar teologik (diniy) nazariyalarga işonmay qöyadi, oxir-oqibatda inson hayotiga tajovuz va boşqa oğir qilmişlarga ham oddiy köz bilan qaraşni boşlaydi.
Bu borada Islom instituti mudarrisi Mubaşşir Ahmad bilan suhbatlaşdik. Ular bölib ötgan voqealarga öz munosabatini bildirib, yeçimlar böyiça takliflari bilan örtoqlaşdi.
Mubaşşir Ahmad
«Xalqimizda naql bor. Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi. Ötgan vaqt oraliğida bunday holatlarga befarq qarab keldik. Şunçaki yetarli çora körmay, jazo beriş va qörqitiş bilan kifoyalandik. Hozir esa yaşirişning iloji yöq. Barçasi sekin-asta oşkora bölmoqda.
Bunday işlarni dinimiz doim qoralaydi. Qur'oni Karimning Al-Isro surasi 32-oyatida Alloh Taolo öz sözlari bilan «Zinoga yaqinlaşmang...», - deb aytgan. Yaqinlaşiş tugul u haqida xayol qilişni ham taqiqlaydi. Zino natijasida erkak qaddi bukiladi, millat buziladi. Jamiyat tizgini izdan çiqadi.
Payğambarimiz Muhammad s.a.v. ham zinoni qattiq qoralaganlar. «Zino vaqtida inson dindan çiqadi va tavba qilmagunça musulmon bölmaydi», - deb aytganlar. Yana bir hadis-u şarifda «Zino qilgan insonlarni Alloh ota-onalari ham körmagan kasalliklarga duçor qiladi», - deb qayta va qayta ta'kidlangan. Hozirda insonlar çalinayotgan bedavo OITS va boşqa xavfli kasalliklarni misol tariqasida aytişimiz mumkin.
Avvallari zino qilgan insonga darra urilgan yoki toşböron qildirilgan. Hozirgi kunda qonunlarimizga qaraydigan bölsak, bunday qilmişlarga jazolar oğir emas. Bu masalada alohida muşohada qilib körişimiz kerak. Islom dini bunday zino işlariga salbiy oqibatlari bilan qörqitiş, jazo va yeçim bilan kuraşadi. Bunday harom işlar oxiratda dözaxda yoniş bilan jazolanadi.
Yeçim masalasiga töxtaladigan bölsak, insonlar öz vaqtida nikohga kirişişi kerak. Hozirda bunga qarşilik qiluvçi eng asosiy omil bu töylarning köp xarajatliligi. Mebel, artist, kortej va boşqalar. Insonlar endi bulardan uzoqlaşişi kerak. Haşamatli töylarni bas qilişimiz zarur.
Ikkinçidan oilada erkaklar erlik vazifasini qilmay qöymoqda. Oila masalasiga sustkaşlik bilan befarq qaraş avj olgan. Oilani boqiş, farzandlarni tarbiyalaş faqat ayol yelkasiga tuşmoqda. Şunday qöştirnoq içida erkaklar borki, uyalmay vijdonsizlarça ayoli topib kelgan pulni sarflaydi. Uyalmaydi. Yana oilasini boqa olmay ulardan voz keçib çet elga ketvorgan erkaklarni ham uçratiş mumkin.
Uçinçidan ayollarimiz orasida ham hayo-ibo tobora yöqolib bormoqda. Oçiq-soçiq kiyiniş urf bölgan. Bu köz zinosiga şaroit yaratadi va, öz navbatida, inson hissiyotlarini jilovlay olmay qoladi. Zinoga qöl uradi. Yevropadan kirib kelgan bunday kiyinişlarga barham beriş kerak. Yaratgan bizga nima ma'qulligini biladi. Uni tavsiyasiga amal qilişimiz lozim.
Yana har qanday şaroitda nomahram begona ayol va erkak bir xonada alohida qolmasligini ta'minlaş zarur. Özlari ham tuşunişi kerak. Çunki u yerda uçinçisi şayton böladi. U ularni zaharlaydi va zinoga çorlaydi. Oqibatini inson heç qaçon hissiyotlar vaqti öylamaydi.
Insonlarning islom diniga bölgan fobiyasini yöqotiş kerak. Ularga doim islom dini haq din ekanini tuşuntirişimiz zarur. Islomda ayollar huquqlari çegaralanmagan. Çeksiz va hatto erkaklarga nisbatan bir neça barobarga keng. Kalta kiyinişga qarşi çiqiş bilan ularning huquqlari çegaralanib qolmaydi. Buni barçamiz bilişimiz kerak. Buni hatto dunyoviy ilmlar ham isbotlagan. Kalta kiygan ayollar uzun kiyadigan ayollarga nisbatan şamollaş ehtimoli kuçli. Natijada bepuştlik va boşqa kasalliklarga çalinadi. Demak soğliqqa zararli işlardan saqlanişimiz zarur va lobud.
Pornografik mahsulotlar tarqalişiga ham qattiq jazolar belgilaşimiz kerak. «Overton tuynugi» degan nazariya bor. Nazariyaga köra, manfaatdor razil insonlar boylik yoki hokimiyat ilinjida jamiyatga şunday illatlarni tatbiq etadi. Bunday siyosat orqali jamiyat buziladi. Ular boy böladi yoki hokimiyatni egallaydi. Past esa botqoqqa botadi. Albatta, bulardan Alloh Taolo özi asrasin», - deb öz bilimlari bilan ulaşdi Mubaşşir domla.
Şundan söng, psixolog-psixoterapevt Zebiniso Ahmedova bilan suhbatlaşdik. Uning aytişiça, ota-onalar tomonidan beriladigan tarbiya notöğri yölga qöyilgan.
Zebiniso Ahmedova
«Yoşligidan beriladigan tarbiya beriş prinsiplari buzilgan. Tizimli emas. Ayblari uçun jazo beriş bilan kifoyalanilgan. Oqibatlari deyarli tuşuntirilmaydi. Qörqitilsa va tarbiya bermasdan oxirigaça tuşuntirilmasa qiziqiş baribir yaşayveradi. Uni yana bir bor qilgisi keladi. Yoşlikda iştiyoq doim kuçli böladi. Baribir öşa qilmiş yomonligini bilsa ham yana amalga oşirgisi kelib qoladi. Buning uçun yuqoridagi tavsiyalarga amal qilişimiz kerak.
Şu bilan birga maktablarda psixologlar faoliyatini yölga qöyişimiz lozim. U har bir öquvçi bilan şaxsan şuğullansin. Suhbatlaşsin, eşitsin va maslahatlari orqali yordam bersin. Çunki şunday gaplar böladiki, sizga faqat psixolog yordami zarur böladi. Ota-onalarga aytişni andişa qiladigan yoşlar bor. Ularga töğri yölni körsatib bermasak ong zaharlanişi va razil maqsadli insonlar bulardan foydalanişi mumkin», - deb öz tavsiyalarini bildirib ötdi Z.Ahmedova.
Endi bir zum fikr qilaylik. Barçamiz yaxşi va tinç yaşaşni xohlaymiz. Buni inkor qilib bölmaydi. Yuqorida dolzarb muammolar sanaldi. Soha mutaxassislaridan yeçimlar taklif örnida berildi. Ular ham dunyo tarixi tajribasidan kelib çiqib gapirdi. Oçiq aytiş kerak Mubaşşir domla aytganidek «Overton tuynugi» kengayib bormoqda. Bunday voqealarga oddiy qaraydigan bölib qoldik. Örganib qoldik. His qila olmayapmiz. Lekin hamma narsaning oxiri bölganidek buning ham intihosi bor. Boşlangan işlarimiz yaxşilik bilan tugaşi uçun barçamiz birlaşişimiz kerak. Bunday voqealarga nafrat bilan qaraşni örganişimiz zarur. Farzandlarimizga tuşuntirişdan erinmaylik. Axir doim jar solganimizdek ular kelajagimiz. Ertamizga esa befarq bölmaylik. Muammo bormi, yeçimlari berilganda qörqmay hal etaylik. Urinib köraylik.
Zafarbek Solijonov, maxsus muxbir
Şerzod Egamberdiyev, operator